Mazkur tvorogli pechene juda mayin va ajoyib ta’mga ega bo‘lib, bunday pishiriqlar bolajonlarga albatta ma’qul keladi!
Kerakli masalliqlar:
- 2 ta tuxum;
- 200 gramm shakar;
- 1 choy qoshiq razrixlitel;
- 1 paketcha vanil shakari;
- 200 gramm mayin tvorog;
- 200 gramm yumshatilgan saryog‘;
- 400 gramm (uch stakan) un.
Tayyorlanishi:
- Tuxum, shakar, vanilin, saryog‘, tvorogni qo‘shib, yaxshilab aralashtiramiz. Bunda blender yoki mikserdan ham foydalanish mumkin.
- Unni razrixlitel bilan aralashtirib, yuqoridagi aralashmaga elab solamiz.
- Tezda mayin xamir qoramiz. Xamirni uzoq vaqt aralashtirish shart emas.
- Xamirni paketga solib, sovutkichga 2—3 soatga qo‘yamiz.
- Shundan so‘ng, xamirni biroz un sepilgan yuzada 3—4 millimetr qalinlikda yoyib olamiz.
- Pechene uchun mo‘ljallangan shaklchalar yordamida xamirga turli shakllar beramiz.
- Pecheneni avvaldan 170—180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 20 daqiqaga yaqin pishiramiz.
- Tayyor bo‘lgan pechenelarni jem, shokolad yoki quyultirilgan sut yordamida bir-biriga yopishtirish mumkin.
Pechene yanada mazali chiqishi uchun uni mehr bilan tayyorlang!
Yoqimli ishtaha!