Bolalar ota-onasining har ikkalasidan ham teng miqdordagi genetik mutatsiyalarni meros qilib oladi, biroq otaning DNKsidan ko‘proq «foydalaniladi», deb yozmoqda Sof.uz.
Genetik mutatsiyalar bizning kimligimizni aniqlaydi. Saraton, diabet, yurak xastaliklari, shizofreniya kabi kasalliklarni davolashda bular kimning DNKsi orqali o‘tgani muhim. Agar «xasta» gen onadan o‘tgan bo‘lsa, u otadan o‘tganchalik faol namoyon bo‘lmasligi mumkin.
Janubiy Karolina universiteti tibbiyot fakulteti professori Fernando Pardo-Manuel de Vilen so‘zlariga ko‘ra, olingan natijalar odam irsiyatini tadqiq qilish uchun yangi eshiklarni ochadi.
Tadqiqotchilar o‘z tajribalari uchun uchta alohida zotga mansub sichqonlarni olib, ularni shunday chatishtirdiki, natijada 9 ta turli sichqon tug‘ildi. Yangi avloddagi jonivorlar ulg‘aygach, olimlar sichqonlar DNKsidagi har bir gen ota va onadan qanchadan axborotga ega ekanligini aniqladi.