So‘nggi 20 yil davomida bolalarning saratonga chalinish holatlari 13 foizga ortdi, deb yozilgan Sof.uz saytida.
Avvallari bolalar orasida saraton katta yoshdagilar bilan solishtirganda ancha kam kuzatilar edi. Ammo so‘nggi tadqiqotlar bolalar saratoni kattalardan tezroq o‘sayotganini ko‘rsatmoqda.
Saratonni tadqiq qilish bo‘yicha xalqaro agentlik Lancet Oncology jurnalida e’lon qilgan tadqiqotga ko‘ra, o‘tgan asrning 80 yillaridan hozirchaga bolalarning saratonga chalinish ko‘rsatkichi sezilarli darajada ortgan. 2001-2010 yillar davomida 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida har bir million boladan o‘rtacha 140 nafariga saraton tashxisi qo‘yilgan. Bu ko‘rsatkich katta yoshdagilar uchun bir million kishiga 185 nafarni tashkil qilgan.
15 yoshgacha bo‘lgan bemorlarning uchdan bir qismiga leykemiya tashxisi qo‘yilgan. leykemiya (qon raki) bugungi kunda AQSh va Yevropada samarali davolanmoqda. Lancet Haematology jurnalida chop etilgan maqolaga ko‘ra, Germaniyada leykemiya bilan kasallangan bolalarning 92 foizi shifo topgan (bemorlar umrini kamida 5 yilga uzaytirishga erishilgan holler nazarda tutilmqoda). Kolumbiayada esa bu ko‘rsatkich 52 foizni tashkil qilmoqda.
Saratondan shifo topish ko‘rsatkichi dunyoning barcha mamlakatlarida o‘sgani kuzatilgan. Qayd etish lozimki, kambag‘al mamlakatlarda saraton aniqlanmasdan va kasallik qayd etilmasdan o‘lim topayotgan bolalar sonini aniqlash mushkulligicha qolmoqda. Yevropa va Amerikada saratonga chalingan bemorlarni ro‘yxatga olish 100 foiz qamrab olingani holda, Afrika va Osiyoda bu ko‘rsatkich ayrim mamlakatlarda 5 foizga ham yetmayapti.