Salomatlik

Bolalar sporti: qaysisi nimaga foyda?

Suzish bel, qo‘l-oyoq va yelka mushaklarini rivojlantiradi, nafas olish tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Ayniqsa, kichkintoyda umrtqa bilan bog‘liq xastaliklar (skolioz, kifo, osteoxondroz) kabilar kuzatilsa, suzish mashg‘ulotlari juda foydali. Teri kasalliklari, oshqozon-ichak, buyrak xastaliklari, bronxial astma va ko‘z nurining zaifligi kuzatilgan bolalarga bu mashg‘ulot bilan muntazam shug‘ullanish mumkin emas.

Yengil atletika oyoq va yelka muskullarini rivojlantiradi, surunkali kasalliklarning oldini oladi va ularni zaiflashtiradi. Kichkitoy og‘ir xastalik yoki jarrohliq amaliyotini boshdan o‘tkazsa, yengil atletika mashg‘ulotlariga qatnashmagani ma’qul.

Velosport nafas olish tizimi va yurak faoliyati uchun juda foydali. Muskullarni rivojlantirib, umurtqa pog‘onasi bilan bog‘liq xastaliklarning oldini oladi. Gastrit va siydik yo‘llarida og‘riq bo‘lsa, taqiqlanadi.

Aerobikasheyping, raqs tanining eguvlanchanligini va qayishqoqligini ta’minlaydi. Harakatlarni noziklashtirib, qomatni go‘zallashtiradi. Ayniqsa, qizaloqlar uchun foydali. Buyrak xastaliklari bezovta qiluvchilarga mumkin emas.

Tennis tez harakatlanishga o‘rgatadi, nafas olish tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Osteoxondroz, oshqozonida yarasi bor bolalar bu sport turi bilan shug‘ullanmay turgani maqsadga muvofiq.

Kurash bolalar organizmini mustahkamlaydi, mushaklarni rivojlantiradi. Ayniqsa, o‘ziga ishonmagan kichkintoylar uchun bu sport turi ayni muaddo. Ko‘zning juda xiraligi, asab xatsaliklari va tog‘ay to‘qimasida muamolar kuzatilsa, bolani boshqa mashg‘ulotlarga jalb qiling.

Jamoaviy sport turlari, masalan, futbol, voleybol kabilar oyoq va yelka mushaklarini mustahkamlab, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi, jamoa bilan ishlashni o‘rgatadi. Asab kasalliklari va osteoxondroz, skolioz bezovta qilsa, bolakayni bu sport turiga bermang.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi