Bolani emlatish kerakmi, yo‘qmi — bu har bir yosh ona to‘qnashadigan eng asosiy savol. Asosiy va ruxsat etilgan emdorilar haqida hamda emlashdan oldin nimalarga ahamiyat berish kerakligi to‘g‘risida so‘zlab beramiz.
*Yo‘riqnomaning to‘liq matni bilan ushbu havola bo‘yicha tanishishingiz mumkin.
Emlashni boshlashdan oldin shifokorlar bolalar shifokoriga, shu jumladan nevropatologga uchrashni tavsiya etadilar.
Profilaktik emlashlar taqvimi
VGV — gepatit B virusga qarshi emlash, tug‘ilgandan keyin bir sutka ichida, shuningdek 2, 3 va 4 oylikda qilinadi. |
AKDS – bo‘g‘ma, ko‘kyo‘tal va qoqsholga qarshi emlash. Bola 4 marta emlanadi. AKDS-1 — 2 oylikda, AKDS-2 — 3 oylikda, AKDS-3 — 4 oylikda, AKDS-4 — 16 oylikda. OPV — poliomelitga qarshi emlash. Bola 5 marta emlanadi. OPV-0 — tug‘ilganidan keyin 2—5 kun ichida, OPV-12 — oylikda, OPV-2 — 3 oylikda, OPV-3 — 4 oylikda, OPV-4 — 16 oylikda, OPV-5 — 7 yoshda. OPV emdoriga reaksiya namoyon bo‘lmaydi, bolalar uni yengil ko‘taradilar. Emlangan kuni bola bilan sayr qilish, uni cho‘miltirish va kundalik hayotni davom ettirish mumkin.
XIB — yiringli-septik kasalliklar profilaktikasi uchun mo‘ljallangan emlash. Bola hayotining 2,3 va 4-oyida beriladigan 3 doza vaksinadan iborat. XIB-infeksiyadan ishonchli himoyalanishning yagona yo‘li emlashdir.
*Yo‘riqnomaning to‘liq matni bilan ushbu havola bo‘yicha tanishishingiz mumkin.
KPK — qizamiq, parotit va qizilchaga qarshi uch valentli tirik vaksina, ikki marta qilinadi: 12 oylikda va 6 yosh bo‘lganda.
Agar:
· bola biron kasallikka chalingan, tug‘uruq chog‘ida shikastlangan bo‘lsa, diatezi bo‘lsa;
· bolaga biron dori vositasi berilayotgan bo‘lsa;
· oldin kiritilgan vaksinani og‘ir ko‘targan bo‘lsa;
· biron narsaga allergiyasi bo‘lsa;
· so‘nggi uch oy ichida bola gammaglobulin olgan yoki unga qon quyilgan bo‘lsa, emlashdan oldin mutaxassis bilan qo‘shimcha maslahatlashish kerak.
Salomat bo‘ling!
*Yo‘riqnomaning to‘liq matni bilan ushbu havola bo‘yicha tanishishingiz mumkin.