Bilasizmi?

Bolalar xonasini qanday qilib ortiqcha xarajatlarsiz bezatish mumkin?

Bolaning dunyoga kelishi har bir oila uchun quvonchli hodisa. Biroq quvonch bilan birga ba’zi moliyaviy xarajatlar ham yuzaga keladi — aravacha, karavotcha, kiyim-kechak, tagliklar va bolalar taomi… Bolalar xonasini ortiqcha pul sarflamasdan bezatish mumkinmi?

Birinchi navbatda, qog‘oz oboylardan voz kechib, maxsus bo‘yoqlardan foydalanishni tavsiya etamiz. Farzandingiz o‘zini rassom rolida sinab ko‘rmoqchi bo‘lsa, ularni yuvish osonroq bo‘ladi.

Devor va shiftni bezatish uchun qog‘ozdan qirqib yasalgan shaklchalar — bargchalar, kapalakchalar, yulduzchalar, qushchalardan foydalaning. Ularni maxsus yelim yordamida yopishtirish yoki arqonchalarga ilib qo‘yish mumkin.

детская-2

Bolalar xonasida oilaviy albomdagi suratlardan foydalanib shajara daraxtini «o‘stirish» mumkin. Bu interer uchun juda chiroyli bezak bo‘lib, ajdodlarga hurmat va oila tarixiga qiziqishni yuzaga keltiradi.

детская3-680x383

Buyumlarni saqlash uchun qo‘shimcha joy yaratishda qo‘lda yasalgan maxsus qutilar yordam beradi. Karton qutilar, eski mebel hamda mevalar yashigi buning uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

детская4

Agar kichkintoyingiz Lego’ni yaxshi ko‘rsa, kichkina qismchalarning yo‘qolib qolish holati sizga tanish bo‘lsa kerak. Bu holatda Lego javonlaridan foydalanish mumkin.

Uning katta bo‘laklarini devorga yopishtirib qo‘ysangiz, ularga yasalgan odamchalar yoki boshqa mayda qismlarni joylashtirish juda qulay bo‘ladi.

детская5-448x600

Sevimli kitobchalar, disklar va kartinalar ham bolalar xonasini bezatib turishi mumkin. Buning uchun uncha chuqur bo‘lmagan javonchalar mos keladi.

Manba: Daryo.uz