Kutubxona

Bolalar xonasini qiziqarli qilib bezaymiz (foto)

“Deti.mail.ru” bolalar xonasini jihozlash uchun qiziqarli g‘oyalar taqdim etdi.

Bo‘r taxtalar

1

Bolangiz chizishga qiziqadimi? Ijod qilish uchun “joy tanlamaydimi”? Unda, muammo yo‘q — bo‘r taxta sizga yordamga keladi!

2

Bunday taxtalar nafaqat to‘rtburchak, balki yurakcha, jonivor yoki bulut shaklida ham bo‘lishi mumkin. Mos keladigan kattalikni tanlang, bo‘r sotib oling va ijod sari olg‘a! Taxtaga, shuningdek, farzandizngiz uchun eslatmalar, yumushlar ro‘yxati, odob qoidalari, kunlik taomnoma va boshqa ko‘nglingiz istagan narsalarni ham yozib qo‘yishingiz mumkin.

Qiziqarli gilam

3

Gilam ham bolalar xonasini ajoyib o‘yin makoniga aylantirishi mumkin. Buning eng oddiy usuli — qiziqarli rasmlari bo‘lgan kovrolin to‘shash. Shuningdek, yerga oyoq uchun pianino va hatto kichik poyga trassasini ham o‘rnatish mumkin. Barchasi sizning moliyaviy imkoniyatlaringiz, xonaning kattaligi va fantaziyangizga bog‘liq.

Xona ichidagi xona

4

Biz bolaligimizda kursi va choyshablar yordamida xonamizda chaylalar yasaganmiz. Farzandingizni ham bunga qiziqtirishingiz mumkin. Ammo osonroq varianti — tayyor vigvam (chayla) sotib olish.

5

Qizlar uchun malikalar uychasini olib berish mumkin.

Superjihoz

6

Bolalar xonasi uchun mo‘ljallangan jihozning “superligi” shundan iboratki, uni ortiqcha qiyinchiliksiz qayta joylashtirish va transformatsiya qilish mumkin. Masalan, pufiklardan labirint yasab bersangiz, bola uchli qirraga urilish xavfidan xoli holda o‘ynashi mumkin.

7

Shuningdek, transformer jihoz ham juda qulay.

Sport devori

8

Eng jajjilar uchun devor ham emas, balandlik mos tushadi.

9

Kattaroq bolaga esa mana bunday sport majmuasi ma’qul kelishi shubhasiz.

Qiziqarli bezaklar

10

Bezaklar, jihozdan farqli o‘laroq, ancha arzonga tushadi, bola ulg‘ayib borgan sari uni o‘zgartirish ham mumkin. Uch yoshgacha bo‘lgan bolaning xonasini ertak qahramonlari bilan to‘ldirish mumkin. Buning uchun sizga rang-barang pardalar kerak bo‘ladi, xolos.

11

O‘yinchoqlar javoni oddiy va zerikarli bo‘lishi shart emas.