Bo‘yin qiyshiqligi - bo‘yin deforatsiyasi bo‘lib, bunda bosh bir tomonga egilgan bo‘ladi. Bo‘yin qiyshiqligi suyak, mushak va asab to‘qimalarining holati buzulganligidan dalolat beradi.
Bo‘yin qiyshiqligi tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Tug‘ma bo‘yin qiyshiqligi juda ko‘p uchraydigan kasallikdir. Bu kasallikka ko‘pincha qizlar uchraydi. Odatda bo‘yin qiyshiqligi o‘ng tomonda rivojlanadi. Kasallik rivojlanishiga tug‘ish jarayonidagi shikast va bo‘yin mushaklari rivojlanishidagi patologiya sabab bo‘ladi.
Afsuski tug‘ma bo‘yin qiyshiqligini tug‘ruqxonaning o‘zida bilish juda qiyin. Faqatgina 1% holatlarda u chaqaloq hayotining birinchi kunlarida aniqlanadi. Bola o‘sgan sari bo‘yinning kasal tomoni rivojlanishi sog‘ tomondan ortda qolib, chaqaloqning 3 haftasiga kelganda bola boshini faqat bir tomonga qaratayotgani aniq seziladi.
Agar vaqtida bo‘yin qiyshiqligini davolamasa, borgan sari bolaning yuzi assimetriyaga uchraydi, bosh doim bir tomonga qaragani sababli yuz suyaklari qiyshiq rivojlanadi va g‘ilaylik vujudga kelishi mumkin. Bola 6-7 yoshga yetganda uning nafaqat boshida, balki umurtqasida ham qiyshiklik aniq ko‘rinadi.
Tug‘ma bo‘yin qiyshiqlikni davolash
Agar tashxis vaqtida qo‘yilgan bo‘lsa, kasallik asoratsiz davolanishi mumkin. Chaqaloqning ilk kunlaridan boshlab unga maxsus massaj qilinishi kerak. Undan tashqari bolani boshini bo‘yinning kasal tomoniga qaratib yotqizish shart. Bola katta bo‘lgan sari boshini sog‘ tomonga qaratishga o‘zi harakat qiladi, unda boshiga qattiq yostiq tirab bunga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Fiziomulojalar, maxsus gimnastika hamda uyda massaj qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Davolanish to‘g‘ri va vaqtida amalga oshirilsa, ko‘pincha bola 1 yoshga to‘lguncha bo‘yin qiyshiqligi to‘g‘irlanadi. Agar asorat qolsa, u holda plastik operatsiya talab qilinishi mumkin. Operatsiyadan so‘ng bola 1.5-2 oy davomida maxsus bo‘yin ushlagich taqib yurishi kerak bo‘ladi.
Bo‘yin qiyshiqlikning boshqa shakllari ham mavjud bo‘lib, ular juda kam uchraydi:
- Neyrogen shakli - bo‘yin paralichi natijasida vujudga kelgan qiyshiqlik;
- Ter shakli - bo‘yin lat yeyishi va qattiq kuyishi natijasida vujudga kelgan qiyshiqlik;
- Suyak shakli - bo‘yin umurtqachalarining nuxsoni natijasida vujudga kelgan qiyshiqlik;
- Shikast shakli - umurtqa shikastlanishi natijasida vujudga kelgan qiyshiqlik;
- Refleks shakli - quloq, jag‘ kasalliklari natijasida vujudga kelgan qiyshiqlik.
Bo‘yin qiyshiqlik alomatlari:
- Bola boshini faqat bir tomonga qayiltiradi. Ikkinchi tomonga kam hollarda va chala qayiltiradi;
- Bosh biroz orqaga tashlanib turadi;
- Yuz tuzilishida assimetriya bo‘ladi;
- Bola belida yotganida tanasining bir qismi ikkinchisidan ko‘ra balandroq turadi;
- Yelka bilan bo‘yin orasida bir tomonda chuqurlik shakllanadi.
- Ushbu alomatlar ba’zida nevrlologik patologiya - bo‘yish mushaklarining gipertonusida ham namoyon bo‘ladi.
Bo‘yin qiyshiqlikning asosiy sabablari:
- Homiladorlik davrida bola bachadonda noto‘g‘ri joylashgani;
- Homiladorlik paytida homila bo‘yni mushaklarining yallig‘lanishi;
- Tug‘ish jarayonida bo‘yin shikkastlanishi;
- Bolaning o‘sishi davomida bo‘yin mushaklarining noto‘g‘ri rivojlanishi.
Tug‘ilayotganida dumbasi bilan tug‘ilgan bolalarni bo‘yin mushaklarini rivojlanishiga alohida ahamiyatli bo‘lish lozim.