Salomatlik

Bolalarda vitamin yetishmasa

Har bahor oylarida yoki yoz boshida bolalarda quyidagi belgilar kuzatiladi: doimiy charchoqlik, uyquchanlik, asabiychanlik, injiqlik, sochlar to‘kilishi, lablarda yoriqlar paydo bo‘lishi, tirnoqlar sinishi va ularning mo‘rtligi. Bu belgilar birgalikda avitaminoz kasalligi belgilari hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida:

  • Organizmda ayrim vitaminlarning umuman yetishmasligi avitaminoz deb yuritiladi.
  • Organizmda vitaminlarning kamayishi gipovitaminoz deb yuritiladi.

Darvoqe.

Shifokorlarning aytishicha, avitaminoz holati mavsumiy kasallik hisoblanmasdan, balki bolalarda yil bo‘yi uchrab turadi. Buning asosiy sababi bolalarni noratsional ovqatlantirish, sifatsiz konservalangan mahsulotlarni qabul qilish, noqulay ekologik muhit hisoblanadi.

Buni bilasizmi?!

A va D vitaminlarini mustaqil holda qabul qilish mumkin. Ammo bu vitaminlarning organizmda miqdori oshib ketishi turli kasalliklarga olib keladi.

Masalan: organizmda A vitamini ko‘payib ketganda suyak to‘qimasi kasallilkariga olib keladi. Bolalar organizmida D vitamini oshib ketishi esa yurak, buyrak va suyak to‘qimalari uchun xavflidir.

Quyidagi jadvalda vitaminlarning nomlari, kunlik extiyoj miqdori va tanqislik belgilari ko‘rsatilgan:

dba12069-9121-49b9-a1ad-4678476b861a

Manba: Beka.Uz