Farzandini sevadigan va kelajagi uchun qayg‘uradigan har bir ota-ona u tug‘ilganidan boshlab zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishini orzu qiladi. Chet tillarini bilish ham juda muhim zamonaviy mahoratlardan biri hisoblanadi.
Til bilan shug‘ullanish va til bilan tanishish orasidagi farqlar
Gap aynan bolalarni chet tillaridan biriga (ko‘pincha – ingliz tili) o‘rgatish haqida ketganda, ota-onalar «til bilan shug‘ullanish» va «til bilan tanishish» orasidagi aniq farqni tushunishlari kerak.
Ko‘pchilik zamonaviy o‘qituvchilarning fikricha, 5 yoshdan kichik bolalar bilan til bo‘yicha shug‘ullanishning foydasi yo‘q. Mashg‘ulotlarda ma’lum bir darajadagi diqqat-e’tibor va berilgan vazifalarni ketma-ket bajarish ko‘zda tutiladi.
Kichkina bolalarga esa buning nafaqat qizig‘i yo‘q va og‘ir, balki aynan chet tillariga o‘rgatishni erta boshlash kelajakda uning bu tilni o‘rganish istagi va qiziqishini so‘ndirishi mumkin.
Til bilan tanishishni esa aksincha, iloji boricha ertaroq boshlagan ma’qul. Ruhshunoslar tomonidan kichkina bolalarning yon-atrofda eshitganlarining hammasini qabul qilishlari va keyinchalik gaplarni tuzishda tanish bo‘lgan tovushlar birikmasidan foydalanishlari isbot qilingan.
Farzandingiz 1,5—2 yoshda bo‘lsa-da uyingizda haligacha chet tilidagi so‘zlar hech qachon aytilmagan bo‘lsa ham siz bundan xavotirlanib o‘tirmang. Bolalar 3—4 yoshgacha juda tez qabul qiluvchan bo‘lishadi. Va til bilan tanishishni bunday sust holatda ham xohlagan vaqtda boshlash mumkin.
Shu bilan birga boladan aniq biror narsani – takrorlash, jumlani to‘g‘rilash, talaffuz qilishni talab qilish noto‘g‘ri. Agar u xohlasa, so‘zlarning qaysidir elementlarini yoki hatto alohida tovushlarni takrorlasa ham mayli — chunki bularning hammasi foyda beradi!
Manba: Daryo.uz