Bilasizmi?

Bolalarni internetdagi xavflardan qanday himoya qilish mumkin?

TPS internet-provayderi «Ota-ona nazorati» unikal xizmatini taklif qiladi.

Internet haqiqiy hayotga muvofiq yaratilgan bo‘lsa-da, aslida undan keskin farq qiladi. Biz yoshligimizda ota-onamiz: «Oyog‘ing ostiga qarab yur, yo‘qsa yiqilasan», «Yomon bolalar bilan o‘ynama — ular senga chekish va so‘kishni o‘rgatadi», «Darslarni qoldirsang, institutga va yaxshi ishga kirolmaysan» deb tanbeh berishardi. Bu so‘zlar sizga ham tanishmi? Hozir o‘zimiz voyaga yetib, o‘zimiz ota-onaga aylandik va endi o‘zimiz farzandlarimiz haqida qayg‘urib, «Oyog‘ing ostiga qarab yur…», deb tashvish chekyapmiz. Muammo shundaki, internetda bu taqiqlar ishlamaydi va internetga kirgan bolaning yonida ota-ona ham bo‘lmaydi.

Bolalar internetda qanday tahdidlar bilan to‘qnash kelishi mumkin?

Zamonamiz bolalari qo‘lda smartfon bilan tug‘ilgandek tasavvur uyg‘otadi. Ular besh yoshga to‘lar-to‘lmas buvisiga kompyuterdan qanday foydalanish lozimligini o‘rgata boshlaydi. Umuman olganda, qulay ham-da: qo‘lida plansheti bor bolani boqish oson, kattaroq bolalar unda multfilmlar ko‘radi, o‘smirlar esa internetda «o‘tiradi». Jimgina uyda o‘tirishadi — bolalarga qiziq, ota-ona esa xotirjam. Internetda nima qilishadi?

Bolani internetda qarovsiz qoldirish — uni katta shaharda bir o‘zini qoldirib ketishdek gap. Sichqonchani ikki marta bosish va besh daqiqa ichida suyukli farzandimiz uning hali mustahkamlanib ulgurmagan ruhiyatiga zarar yetkazadigan saytlarga oson kirib ketishi mumkin. Masalan:

  • Ichida kattalar uchun mo‘ljallangan materiallari bo‘lgan;
  • Zo‘ravonlik, tamaki chekish va narkotik moddalar iste’mol qilishni targ‘ib qiluvchi;
  • Diniy va ekstremistik ma’lumotlarni tarqatuvchi;
  • Onlayn-kazino va qimorli o‘yinlarga;
  • Mutelikka sabab bo‘ladigan noodatiy ijtimoiy tarmoqlar va onlayn-o‘yinlarga;
  • Kompyuterga zarar yetkazuvchi viruslari bor va parollarni o‘g‘irlovchi saytlarga.

Internet bilan bog‘liq xavflardan bolalarni qanday qilib himoya qilish mumkin? Xavf haqida tushuntirish mumkin, lekin bu befoyda, kompyuterdan foydalanishni taqiqlab qo‘yish esa — juda qattiq cheklov. Eng oson va qulay yo‘li — muammoni oldindan hal qilib qo‘yishdir: internetda uchraydigan nomaqbul axborotni blok qiladigan maxsus dasturni o‘rnatish kerak.

«Ota-ona nazorati» — nima u?

«Ota-ona nazorati» — O‘zbekiston bozori uchun unikal bo‘lgan va TPS internet-provayderi tomonidan taklif etilayotgan xizmatdir. U bolalar va o‘smirlar internetda to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlardan ishonchli himoya qila oladi.

Servisni ishga tushirish oson: hech qanday dasturni o‘rnatish va qimmatbaho litsenziyalarni sotib olish zarurati yo‘q, u trafikni sarflamaydi va noutbuk, smartfon va planshetda darhol ishga tushadi. Xizmat TPS’ning barcha abonentlari uchun personal kabinetda mavjud bo‘lib, uning uchun to‘lov abonentlik to‘lovidan yechib olinadi.

Uni hatto yosh bola ham ishga tushira oladi — kerakli parametrlarni tanlab, bir necha «galochka»ni qo‘ysa kifoya, tizim ishlay boshlaydi.

tps-2

«Ota-ona nazorati» nimadan tashkil topgan va qanday ishlaydi?

Tizim bir necha moduldan tashkil topgan bo‘lib, ham alohida, ham bir-birini to‘ldirib, birgalikda ham ishlay oladi:

  • «Bolalar interneti» o‘smirni internetdagi nomaqbul axborotdan muhofaza qiladi. Taqiqlangan veb-saytlar ro‘yxati har kuni avtomatik ravishda to‘ldirib boriladi va hozirda jahon bo‘yicha 23 xil, xususan, rus tilidagi 60 milliondan ortiq saytni o‘z ichiga olgan. Tizim «qora ro‘yxat» tamoyili bo‘yicha ishlaydi — blok qilingan sayt kompyuterda yoki Wi-Fi bo‘yicha ulangan smartfonda ham ochilmaydi. Bola bu to‘siqni yengib o‘ta olmaydi.
  • «Qora va oq ro‘yxat» u yoki bu saytlarga kirishni cheklaydi yo bunga yo‘l ochadi. Masalan, ba’zi o‘smirlar ijtimoiy tarmoqlar yoki onlayn-o‘yinlarga mukkasiga ketadi, ularni qora ro‘yxatga osongina kiritish mumkin. Yoshroq bolalar uchun YouTube, AppStore yoki Play Market’ga kirishni taqiqlab qo‘yish mumkin: ular «Masha va maymoq»ni oxirigacha ko‘ra olmaydi, yangi o‘yinlar o‘rnata olmaydi va trafikni ham ishlatib qo‘ymaydi.
  • «Antireklama» ko‘plab saytlarga kirganda chiqib kelaveradigan yoqimsiz reklama bannerlarini o‘chiradi. Shuningdek, modul yoqimsiz videoreklama va matnli reklamalarni ham muvaffaqiyatli blok qila oladi, shu sababli sahifa tezroq yuklanadi.
  • «Tarmoq filtri» esa shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishining oldini olib, xavfsizlikni ta’minlaydi. Internetda huquqbuzarlar ko‘p: bola sezilar-sezilmas havolani beixtiyor bosib yuborib, kompyuterga virus tushirib qo‘yishi yoki bo‘lmasa ota-onasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini ishdan chiqarishi mumkin.

Qulay sozlash va kompleks xavfsizlik

Xizmatning istalgan modulini bevosita personal kabinetda sozlash mumkin, sozlamalar juda oddiy va tushunarli. Masalan, bolalar kunduzi ko‘proq dars qilishi uchun Facebook va onlayn-kinoteatrlarni kechgacha blok qilib qo‘yish mumkin. Tungi vaqtda barcha cheklovlarni oson olib tashlash mumkin.

«Ota-ona nazorati»ning har bir qismi turli xavflardan qo‘riqlaydi, biroq bir vaqtning o‘zida ularning baridan foydalanish yaxshiroq va arzonroq tushadi. Buning uchun «To‘liq nazorat» moduli nazarda tutilgan bo‘lib, atigi 5 dollarga teng oylik to‘lov evaziga barcha modullar butun oila uchun internet xavfsizligini ta’minlaydi.

Bolalarning kelajagi to‘liq ota-onalar qo‘lida, shunday ekan, ularning xavfsizligini ta’minlash yo‘lida pulni tejash yaramaydi. «Ota-ona nazorati» xizmati haqida ko‘proq ma’lumotni TPS internet-provayderi saytida yoki 150-00-00 telefon raqami orqali olish mumkin.

Manba: Daryo.uz