Bolalikda chekilgan azob va yo‘qotishlar insonni tez qarishiga olib keladi, deb ta’kidlamoqda Kanadalik genetik olimlar Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida. Bu haqda sputnik nashri yozmoqda.
Ular aytishiga ko‘ra, inson umrining dastlabki yillari chekilgan azob va yo‘qotishlar, uning genlariga ta’sir qilar ekan. Xususan, bolalikda boshdan kechgan azoblar, inson xromosomalarining DNKni himoyalash bo‘lagini qisqartirar ekan.
Telomerlar (telomere) — xromosomalarning uch qismi bo‘lib, ular inson tanasidagi har bir hujayrada bor. Telomerlar inson DNKsini zarar ko‘rishdan himoyalaydi. Hujayra bo‘linganda telomerlar uzunligi qisqaradi. Telomer uzunligi tugaganda esa hujayra bo‘linishdan to‘xtaydi va qurbon bo‘ladi.
Yaqinda genetik olimlar qilgan kashfiyotda, telomerlar uzunligi nafaqat inson yoshiga bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aniqlashdi. Ularning fikriga ko‘ra telomerlar uzunligi inson hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan turli voqea va hodisalar, kambag‘allik, ruhiy zarbalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin ekan. Ruhiy zarba qanchalik kuchli yoki qancha vaqt davom etgan bo‘lsa telomerlar shuncha kalta bo‘lar ekan.
Masalan, Amsterdamning eng kambag‘al kvartallarida yashaydigan aholining telomerlari shaharning yaxshi hayot kechiradigan aholisi telomerlariga qaraganda 100-170 harfga qisqa ekan.
Ilay Puterman (Eli Puterman) Kanadaning Vankuver shahri universiteti ilmiy xodimi bolalikda boshdan kechirgan qiynchiliklar telomerlar uzunligiga ta’sir qilishini o‘rganib chiqishdi.
Buning uchun olimlar 4,6 ming nafar katta yoshli amerikaliklar DNKsini tahlil qilib chiqishdi. Barcha fuqarolardan ularning bolaligi qanday o‘tgani haqida batafsil so‘rab surishtirilgan.
Bolalikda duch kelish mumkin bo‘lgan muammolar qatoriga – ota-onalarining kam ta’minlangani, ulardan birini yo‘qotish yoki alkogol yoki narkotik moddalar qabul qilgani, yaqin qarindoshlar tomonidan yoki maktabda usmirlar tomonidan kaltak yeyish, jinoiy guruhlarda ishtirok etish yoki ularning qurboni bo‘lish va boshqa omillarni o‘rganib chiqishdi.
Undan tashqari olimlar ushbu kishilar hayoti davomida qanday tibbiy muassasalarga murojaat qilganini bilan ham qiziqishdi.
Ushbu analiz natijasida bolalikda turli qiyinchiliklarga duch kelish kelajakda telomerlar uzunligini qisqartirishi aniqlangan.
Inson umrining birinchi yillari duch kelingan ijtimoiy muammolar inson tanasidagi telomerlar uzunligiga keskin ta’sir qilar ekan. Olimlar belgilagan “qiyinchiliklar shartli darajasida” ularning soni bir bo‘limga oshishi telomerlar uzunligini 11% ga qisqartirgan.
Shunisi qiziqki, pul muammosi yoshlikda ham keyin ham telomerlarga umuman ta’sir qilmas ekan.
Manba: Sof.uz