Unga yordam berish uchun o‘zingiz ham asablaringizni buzib, qiynalishingiz shart emas. Yaxshisi uyingizda shunday muhit yaratingki, uning o‘zi uy vazifalarini tayyorlashaga shoshib tursin.
- Hech qachon, masalalarni uning o‘rniga yechmang! Farzandingizga uyga vazifalarni bajarish uning shaxsiy majburiyati ekanini tushuntiring.
- Maktabi yoki o‘qituvchisidan shikoyat qilsa, unga yon bosmang. Darslarning ko‘pligidan nolisa rahmingiz kelmasin. Va hech qachon bolangizning yonida uning maktabi yoki o‘qituvchisini birovlar bilan muhokama qilmang.
- Ammo bolaning maktabga borishni istamasligi o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan erkalikgina emasligini nazardan qochirmang. Shunday ekan, buning sabablarini aniqlashtiring va farzandingizga ko‘maklashning biror ilojini o‘ylab toping.
- Bolalar kimningdir nasihatgo‘ylik qilishini umuman yoqtirishmaydi. Shunday ekan, maktabga yuborayotib, unga shunchaki o‘qishlarida omad tilasangiz bas.