Chaqaloq

Bolangiz Qaysi Faslda Tug‘ilgan? Buning ahamiyati bor!

Bitta oilada tug‘ilgan to‘rtta bolamning fe’li to‘rt xila?- hayron bo‘lib so‘raydi onalardan,biri. Ularning har biriga “o‘z tilida” gapirishim kerak. Xo‘sh buning boisi nimada? Nima uchun bitta ota-onaning farzandi, bir joyda bir muhitda voyaga yetayotgan farzandlarimizning bir-biriga o‘xshamaydi? Mutaxassislarning ko‘p yillik tadqiqotlari, kuzatuvlari asosida yuzaga kelgan ushbu tahlilda buning boisini bilib olasiz. Boisi odam tug‘ilgan yil oy kun fasl ham uning tabiatida hayotida o‘zi o‘ylaganidan ham ko‘ra ko‘proq ahamiyat kasb etadi.

IZG‘IRINNING “BOLASI” Qahratonnning sovug‘ida dunyo yuzini ko‘rgan bolalar: Salomatligi: sovuqqa chidamli, allergiyaga moyil, bosh og‘rishi, yurak qon tomir kasalliklari bezovta qilishi mumkin. Ruhiy holati: His hayajonga beriluvchan, gina saqlamaydi, o‘ziga ishonchi baland, yuqori intellektual salohiyatga ega, moslashuvchan emas, ammo o‘zi do‘stlikni qadrlaydi. Maqtovga arziydi: janjalni yoqtirmaydi, o‘z xatolarini tahlil qiladi, mehnatni yaxshi ko‘radi, maqsad sari intiluvchan.

BAHORNING “TO‘POLONChILAR”I Bahorda tug‘ilgan farzandlarimiz: Salomatligi: diqqat yetishmasligi, xotira susayishi, allergiya bezovta qiladi. Ruhiy holati: Muammoni yechgandan ko‘ra uni aylanib o‘tishni ma’qul ko‘radi, beqaror fe’lga ega. Bahordagi o‘zgaruvchanlik unga ham o‘tgan. U ko‘p narsalarda boshqalarni ayblaydi. Kichik narsani ham yuragiga tez oladi. Ijodkorlik qobiliyatni yuqori baholash mumkin. Maqtovga arziydi: O‘ta ehtiyotkor, mehnatdan qochmaydi.

SARATONNING DILBANDLARI Yozning issig‘ida olamga kelgan farzandlarimiz: Salomatligi: Ularning organizmi tug‘ilgandayoq hamma vitaminlardan qabul qilgani uchun chidamli. U hali chachaloqligidayoq toza havoda sayr qilgan, quyoshning beminnat nurlaridan bahramand bo‘lgan. Shuning uchun u kasalliklarga kam chalinadi. Ruhiy holati: O‘ta hayajonga beriluvchan, jamoani yaxshi ko‘radi, o‘ziga yuqori baho beradi. Maqtovga arziydi: Yordamga shay, maqsadidan chalg‘imaydi, bir ish boshladimi tugatmaguncha tinchimaydi.

KUZNING AQLLILARI Salomatligi: Nafas yo‘llari kasalliklariga chalinuvchan, astma uchrashi ehtimoli bor. Ruhiy holati: Moslashuvchan, har bir ishda hisob kitobni yaxshi ko‘radi, shoshilmasdan ish qiladi. Uning fe’liga qarab u kelajakda albatta diplomatiya sohasini egallaydi deb o‘ylashingiz tabiiy. Maqtovga arziydi: O‘z xatolaridan xulosa chiqaradi, Har bir qadamini o‘ylab bosadi,boshqa faslda tug‘ilganlarga nisbatan faolroq. Bu fasl bolalari moliya, iqtisod, huquq sohasida bemalol ishlay oladilar Bolangiz qaysi faslda tug‘ilganidan qat’iy nazar u bizning mehrimizga muhtoj. Yaxshi odam ulg‘ayishi uchun yaxshi ota-ona bo‘lishi zarur. Tabiat farzandlarimizga in’om etgan fe’l-atvorni ijobiysiga aylantirish, ulardan bo‘lajak daho yaratish o‘z qo‘limizda.