Bilasizmi?

Bolangizni xorijga yolg‘iz jo‘natmoqchimisiz?

Yo‘l-yo‘riqlar bilan tanishing!  So‘nggi paytlarda goh o‘qish,  goh yumush, yoki sayohat sabab chet elga parvoz qilayotganlar soni ortib bormoqda. Aviaparvozning ham ma’lum tartib va qoidalar ham mavjud, masalan voyaga yetmaganlarni mustaqil xorijga chiqishi masalasi. Xo‘sh, voyaga yetmagan shaxslar ota-ona yoki biror qarovchisiz samolyotda parvoz qila olmaydimi? Bu borada mavjud tartib va qoidalar qanaqa? Shuningdek, farzandini chet elga jo‘natayotganlar uchun  qanday yengilliklar bo‘lishi mumkin? Bu kabi savollarga “O‘zbekiston Havo yo‘llari” MAK bosh birektorning birinchi o‘rinbosari A.Akbarov orqali oydinlik kiritamiz.

15 YoShGAChA BO‘LGANLARGA “HAMROH” BO‘LIShI ShART! —  15 yoshgacha bo‘lgan bolalar "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi samolyotlarida xorijga kuzatib boruvchi shaxs hamrohligida belgilangan tartibda uchishi mumkin. Tartibga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bilan vizasiz rejimga ega bo‘lgan davlatlarga uchish vaqtida bolaning pasportida O‘zbekiston Respublikasi IIV ChKvaFRB bo‘linmasining bolani kuzatib boruvchi shaxshaqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan «Hamrohlik qiluvchi shaxs» shtampi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi bilan viza rejimiga ega bo‘lgan davlatlarga uchish vaqtida pasportdagi "Ruxsat beruvchi yozuv" stikerida hamrohlik qiluvchi shaxs haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

15-18  YoShLILARGA ESA NOTARIAL TASDIQLANGAN ROZILIK ASOSIDA —  O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolari ota-onasi yoki vasiylarning voyaga yetmagan shaxsning mustaqil xorijga chiqishi uchun notarial tasdiqlangan roziligi asosida aviabilet xarid qilishi va mamlakatimiz xududidan tashqariga chiqishi mumkin.

AGAR MAHALLIY YO‘NALIShLARGA BO‘LSA... —  "O‘zbekiston havo yullari" Milliy aviakompaniyasining mahalliy yunalishlarida 15-16 yosh bo‘lgan bolalar hamrohlik qiluvchi shaxs bilan yoki kuzatib boruvchisiz ham uchishi mumkin. "MAK qatnovlarida bolalarni kuzatib boruvchisiz tashish qoidalari"ga muvofiq 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-ona yoki vasiylar tomonidai "Kuzatib boruvchisiz bolani tashishga so‘rovnoma" va "Ota-onalar yoki vasiylarning javobgarligi to‘g‘risidagi deklaratsiya" blanklari to‘ldirilgan holda aviakompaniya reyslariga qabul qilinadi. Ota-ona yoki vasiylarning murojaatiga ko‘ra 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga "Kuzatib boruvchisiz bolani tashishga so‘rovnoma" blanki rasmiylashtirilishi hamda bolani kuzatib borish xizmati taqdim etilishi mumkin.

ENG MUHIM BOSQICh — “STIKER”  B.Shorixsiyev, Ichki ishlar vazirligi XChK va FRB boshlig‘i: — Voyaga yetmagan fuqarolarning Xorijga vaqtincha chiqishida stikerni rasmiylashtirish uchun doimiy ro‘yxatda turgan joydagi kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga quyidagi hujjatlar topshiriladi:

a) belgilangan shakldagi ariza-anketa; b)  biror muassasa yoki tashkilot orqali chiqilgan taqdirda muassasa yoki tashkilotning belgilangan namunadagi buyurtmanomasi; v)  pasport; g)  tug‘ilganlik haqida guvohnoma; d)  35x45 mm o‘lchamli to‘rtta fotosurat; ye)  O‘zbekiston Respublikasi hududida birga yashaydigan ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi; j)  fuqaroga hamrohlik qilayotgan shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati; z)  davlat boji yoki konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar to‘langanligi to‘g‘risida kvitansiya.

AVIAChIPTA: KIChIK PASSAJIRLARGA KATTA ChEGIRMALAR “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK qatnovlarida yosh bolalar, o‘quvchilar va talabalar uchunaviachiptalar sotib olishda bir qator chegirmalar mavjud. Xususan bolalar uchun chegirmalar MAKning barcha qatnovlarida qo‘llaniladi va quyidagicha belgilangan: •  Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 90 foiz chegirma, alohida joy ajratilmagan holda. Bunda iqtisodiy va biznes klassning barcha tariflaridan foydalanish mumkin; •  Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun alohida joy ajratilgan holda va ikki yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan kuzatib boriladigan bolalar uchun — qo‘llanilayotgan iqtisodiy klass tarifining turiga qarab 33 foizdan 50 foizgacha;

•  Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun alohida joy ajratilgan holda va ikki yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan kuzatib boriladigan bolalar uchun — biznes klass normal tarifining 50 foizi miqdorini tashkil etadi.

AYRIM DAVLATLARGA ESA... Toshkentdan Moskvaga, Sharjaga, Dubayga, Kuala-Lampurga, Singapurga, Bangkokka, Istambulga borish va qaytish yo‘nalishlarida biznes tarifida bolalar uchun chegirmalar — biznes klass normal tarifining 25 foizi miqdorida qilib belgilangan. Shuningdek, Toshkentdan Rigaga va Nyu-Yorkka uchishda esa chegirmabiznes klass normal tarifining 5 foizini tashkil etadi.

TALABALAR  UChUN-ChI? ChIPTALAR SO‘MDAMI YoKI... So‘nggi paytlarda xorijda ta’lim olayotgan yoshlarimiz tomonidan bu kabi savollar ko‘plab berilmoqda. Xo‘sh, talabalar uchun aviachiptalar milliy valyutada sotiladimi yoki xorijiy? Yoxud qaysi davlatlar uchun? A.Akbarov, “O‘zbekiston Havo yo‘llari”  MAK bosh direktorning birinchi o‘rinbosari: — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 avgustdagi 224-sonli "Aviatashuv xizmatlari ko‘rsatilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaroriga binoan "O‘zbekiston havo yullari" Milliy aviakompaniyasining Rossiyaga amalga oshiriladigan qatnovlariga aviabiletlar rezident va norezidentlar uchun xorijiy valyutada sotiladi. Milliy aviakompaniyaning boshqa yunalishlarida aviachiptalar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun milliy valyutada sotiladi. Xorijda ta’lim olayotgan talabalar“Aviachiptalar milliy valyutada sotilishi belgilangan shaxslar ruyxati”ga ko‘ra,oliy o‘quv yurtining taklifi yoki unga yullanma, shuningdek, talabalar guvohnomasi yoki oliy o‘quv yurtida o‘qishi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida aviachiptani milliy valyutada sotib olishi mumkin.

MA’LUMOT UChUN O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 1992 yil 22 dekbrdagi PF-517-sonli Farmoniga asosan, mahalliy qatnovlar uchun har yili 28 dekabrdan 10 yanvargacha aviachiptalar 50 foizli chegirma asosida sotiladi.

Manba: Darakchi.uz