Statistikaning ko‘rsatishicha, allergiya va uning ko‘rinishilari hozirgi kunda keng tarqalgan kasallik bo‘lib kelmoqda. Allergiya holati butunlay davolanmasligi tufayli bolaga azob beradi. O‘tkir hollarda esa hayotga xavf tug‘dirishi ham mumkin. Bir tomondan allergiyani ko‘payib ketayotganiga ekologiya va boshqa minglab faktorlar sababchi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ota-ona ham bu holatga ma’suldir.
Allergiyaga moyillik bolalikda shakllanadi. Kichik yoshdagi bolalarning immun tizimining kuchiga qarab organizmda allergiyaga moyilik yoki aksincha, qarshi kuch rivojlanadi.
Amerikaning "Astma, Allergiya va Immunologiya" institutining tadqiqotlariga ko‘ra, toza uy allergiya sababchisi ekan. Bu fikr g‘ayritabiiy tuyulsada, bu fakt. Ferma, dala- xovli va ko‘p bolalik uylarda katta bo‘lgan bolalar voyaga yetganda allegiyaga deyarli chalinmas ekan. Yoki xonadonda uy xayvonlari bor bolalar organizmi ham allergenlarga to‘qnash kelganda bardoshli bo‘lar ekan.
O‘ta(steril) tozalik bolada allergiya rivojlanishi uchun eng oson yo‘l. Sababi, chang, uy xayvonlari changi, gullar, o‘t va boshqa allergenga ega narsalar bolaning yoshligidan uning immun tizimi bardoshli bo‘lishiga yordam berar ekan. Natijada shu kabi allergenlarga o‘sayotgan bola organizmida kuchli immunitet hosil bo‘ladi. Tug‘ilganidan allergiyaga moyil bolalar bundan mustasno, ularni allergenlardan boshidan saqlash lozim.
Albatta, homilador ayolga hech bir shifokor, "uyingizni tozalamang, uy xayvonlarini boqing, shunda bo‘lajak farzandingiz allergiyaga moyil bo‘lmaydi", deb ayta olmaydi. Lekin uydagi steril tozalik bola immun tizimini shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini hamma bilishi shart.
Homilador ayollar bo‘lajak farzandi allergenlarga bardoshli bo‘lishini ta’minlash uchun, sigaret isidan yiroq bo‘lishlari muhim. Boshqa jiddiy cheklovlar talab etilmaydi.
Agar bola irsiyatidan kelib chiqib allergik bo‘lib tug‘ilsa, u holda uni davolashdan boshqa iloj yo‘q. Lekin bunday hollar juda kam. Ko‘pincha, ota-onaning o‘zi bola muhitini uning immun tizimi bilan ziddiyatlik ahvolga solishi natijasida bola allergik bo‘lib qoladi.
Maslahatlar:
- Bolani kamida 6 oy davomida ko‘krak suti bilan emizing;
- Emizikli ayol iste’mol ovqati haqida bir necha bor o‘ylashi kerak. Allergen mahsulotlarni yemaslik maqsadga muvofiq bo‘ladi.
- Bola sigaret isi bor havo bilan nafas olishi kelajakda astma va boshqa allergik holatlarni yuzaga keltirishi mumkin;
- Chang yig‘uvchi buyumlarni kamaytiring. Yumshoq o‘yinchoqlar, gilam va ko‘rpalar o‘ziga chang yig‘ish xususiyatiga ega. Shuning uchun uyni nam lattada tozalab turish lozim.
- Uyni steril holatga keltirmang. Steril darajasiga keltirish uchun dazmollangan, xlorlangan kiyimlar, poroshokda yuvilgan pollar kabi holatlar bolani immun tizimi bo‘shashib qolishiga olib keladi. Kurashish uchun allergen bo‘lmay immun tizim rivojlanmay qolaveradi.
- Bola kamida 2-3 yoshga to‘lmaguniga qadar kuchli allergen hisoblanmush yer yong‘oq va bodomni yedirmay turing.
- Agar onada biron mahsulotga allergiya bo‘lsa, bolaning immun tizimi kuch yig‘ib olmaguncha, ya’ni bola balog‘atga yetmagunga qadar unga ham u mahsulotlarni bermay turish tavsiya etiladi. Shakllanmagan immun tizimi onada bo‘lgan allergiya holatini bolada qo‘zg‘atib yuborishi mumkin.
- Kirni quritish uchun yoqimli hidga ega vositalardan foydalanmang. Bularning barchasi allergenlardir.
- Notabiiy hid taratuvchi vositalarni uyda saqlamang (Xojatxona va xonalarga hid beruvchi vositalar).
- Hozirgi kunda keng tarqalgan hidga ega kiyimlardan voz keching. Bular teri va immun tizimi uchun zararli narsalardir.
- Tabiiy vosita, buyum va matolarni tanlang. Buyum yoki kiyim birinchi navbatda chiroyli bo‘lishi emas, balki zararsiz bo‘lishi lozim.