Epidemiya davrida yoki uyda kimdur kasal bo‘lganda bolani tabiiy ravishda kasallikdan himoya qilish yo‘llari.
1. Eng asosiysi, bolani kasal oila a’zosi bilan iloji boricha kamroq kontaktta bo‘lishini ta’minlash. Agar ona kasal bo‘lib qolgan bo‘lsa, u holda bola bilan muloqot mobaynida yuzga maska taqishi kerak;
2. Bola uyda bo‘lmaganida uyni shamollatib, nam lattada chang va pollarni artib turish kerak;
3. Bolaning xonasiga va karavati yoniga sarimsoq piyozi to‘g‘ralgan idishni qo‘yib, sarimsoq piyozni qayta-qayta yangilab turish lozim;
4. Har kuni bolaga namatak damlamasi, klyukva sharbatidan ichirib tursa, bola organizmi viruslarga bardoshliroq bo‘ladi;
5. Bolaning terlamasligi muhim ahamiyatga ega;
6. Ikki yoshdan oshgan bolaga ertalab och qoringa sedana yog‘ini (toza va sovuq siqish orqali olingan yog‘ bo‘lishi kerak)1 choy qoshiq ichirish bolaning immunitetiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
7. Uyda bemor bo‘lsa, u ishlatayotgan idish va qoshiqlarni alohida joyda saqlash va bolaning ulardan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
8. Bola ko‘chadan kelganida albatta qo‘llarini sovunlab kamida 2-3 daqiqa davomida ishqalab yuvdirish.