Bolaga o‘zining ishlarini kattalardek qilishni o‘rgatish juda oson. Asosiysi, uning o‘zi bunga tayyor bo‘lishi, ota-onalar esa oddiy qoidalarga rioya qilishi kerak.
Tuvaksiz unitazga
Ko‘pchilik bolalar baribir tuvak bilan tanishsa ham, boshidan bu moslashishga qarshi bo‘ladigan ota-onalar ham bor.
Ular bolani birdaniga unitazga o‘rgatish mumkin va zarur deb hisoblaydi. Va umuman olganda bu tozalik qoidalariga muvofiqroq.
Agar siz ham shunday ilg‘or ota-onalardan bo‘lsangiz, bola tug‘ilgandan boshlab rakovina ustiga o‘tqazishga harakat qiling. Vaqt o‘tishi bilan siz uning signallarini aniqlab olishga va bolaning birinchi talabi bilan vannaxonaga yugurishga o‘rganasiz.
Tuvakdan unitazga
Ruhshunoslarning ta’kidlashicha, shoshilish kerak emas: bolaning o‘zi «kattalardek» bo‘lishni xohlashi juda muhim.
Shunda u haqiqatan ham o‘z ishlarini kattalardek qila oladi. Bolani unitazga o‘rgatish uchun eng muvofiq yosh – 4—5 yosh hisoblanadi.
Sizga kerak bo‘ladi:
Bolalar uchun o‘rindiq. Endigina to‘rt yoshga to‘lgan bola uchun yaxshisi yumshoq o‘rindiq olganingiz ma’qul.
5—6 yoshlardagi bolaga unitaz uchun odatdagi o‘rindiqni eslatuvchi nasadka ham to‘g‘ri keladi. Agar o‘rindiqning tutqichlari bo‘lsa yana ham yaxshi, bola uning ustidan tushib ketmaydi, quvnoq ranglar esa kayfiyatini ko‘taradi.
Oyoqlar tagiga qo‘ygich. Bu kichkina stulcha bo‘lishi mumkin, lekin yaxshisi – oyoqlari sirg‘anmaydigan maxsus qo‘ygich bo‘lgani ma’qul.
Hech qanday tanqidlarsiz!
Agar bola bu ishni uddalay olmasa, uni urishmang. Tanqid faqat uning unitazga o‘rganish xohishini yo‘qotadi. Sabr qiling, bolani ko‘proq maqtang va natijalarning albatta yaxshi bo‘lishiga ishoning!
Manba: Daryo.uz