Bilasizmi?

Bolaning asabiy bo‘lishiga sabab

Angliya va Koreya tadqiqotchilarining fikricha, bolaning asabiy va agressiv bo‘lishi bilan kompyuter o‘yinlarini o‘ynash orasida uzviy bog‘liqlik bor ekan.

Tadqiqtolar shuni aniqladiki, kompyuter o‘yinlarini o‘ynayotgan bolaning yaxshi rivojlanmagan psixikasi juda katta zarar ko‘rar ekan. O‘yinlarda qiyinchiliklardan o‘tish shartlari bo‘lsa, bu bolada agressiyani rivojlantirar ekan. Hatto oddiy TETRIS o‘yinida ham bir pog‘onadan ikkinchi pog‘onaga o‘tish shartlari mavjud bo‘lib, bolani asabiy qilishi aniqlandi.

Ba’zi ota-onalar kompyuter o‘yinlari orqali bola rivojlanadi deb, unga maxsus o‘yinlar ham olib beradilar. Afsus, bu noto‘g‘ri yondashuv. Bolaning rivojlanishi uchun 5 hissiyot jalb etilishi kerak. Ko‘rish, tegish, hidlash, eshitish va tatib ko‘rish. Kompyuter o‘yinini o‘ynash davomida bu hissiyotlardan birontasi ham jalb etilmaydi. Hatto ko‘rish ham bu yerda passiv jalb etilgan, ko‘rish davomida bola bir narsani ko‘rib turib o‘rganmay, o‘yin davomida surat almashinuvini idrok etadi xolos.

Natijada kompyuter o‘yinlari nafaqat bolani aqliy rivojlantirmaydi, balki birinchidan, ularning psixikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, ikkinchidan bolani asabiy qilar ekan.

Koreyada internet va kompyuter o‘yinlari juda rivojlangan hisoblanadi. Koreya olimlari o‘yin o‘ynayotgan bola miyasi bilan kitob o‘qiyotgan bola miyasini maxsus apparatlar yordamida o‘rgandilar. Kitob o‘qish davomida miyada shunday o‘zgarishlar sodir bo‘lar ekanki, u miyaga vitamin yuborilganga teng holat ekan. Kompyuter o‘ynash davomida esa miya qizigan yoki og‘riyotgan holatni namoyon qilar ekan.

Bola kompyuterdan foydalanishga umr mobaynida hali ulguradi. Lekin ko‘chaga chiqib chopib, dumalab, to‘p tepishga katta bo‘lganida imkoni bo‘lmaydi.

Kompyuter o‘ynashni taqiqlamang, uyda kompyuter o‘yin bo‘lmasligini taminlang. Kompyuterda 10 tadan ortiq o‘yin borligini, otasi kunda ularni o‘ynashini bilgan bola, albatta o‘ynashni istaydi, lekin uyda o‘yin bo‘lish-bo‘lmasligi avallambor ota-onaning tanlovi.

Muhim ma’lumot! Kompyuter o‘yinlari rivojlangan Koreya va Yaponiya mamlakatlari yoshlari kuchli psixologik muammolarga egaligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydilar (Halqaro Sog‘liq tashkiloti ma’lumoti).

Maqola yoqqan bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!

Manba: Uzbaby.uz