Har bir ota-ona farzandining o‘z tengdoshlari kabi, ba’zan esa ulardan ham tezroq rivojlanishini istaydi. Biroq shunday narsalar borki, ular farzandingizning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Quyida ulardan yettitasi keltirilgan:
- Bir yoshdan keyin so‘rg‘ich. So‘rg‘ich so‘rish bolaga xavfsizlik va qulaylik hissini beradi. Biroq bir yoshdan keyin bola o‘z holatini boshqa usullar yordamida ham ifodalay oladi. Agar har bir yuzaga kelgan noqulay vaziyatda bolaga so‘rg‘ich tutilsa, u bu odatni kelajakda ham saqlab qoladi va keyinchalik tirnoq, ruchka yoki qalamni tishlashni odat qilishi mumkin.
- 1,5 yoshdan keyin tagliklar. Bola o‘z organizmining vazifalarini nazorat qilishni o‘rganishi uchun ba’zi holatlarda noqulay vaziyatga ham tushib turishi kerak. Bu esa kerakli reaksiyani yuzaga keltirishiga sabab bo‘ladi.
- Bukilgan qoshiq va xodinkalar. Agar siz farzandingizning mustaqil ovqatlanishini istasangiz, bukilgan qoshiq kabi vositadan voz kechishingiz kerak. Xodinkalar esa bolalarni yiqilishdan saqlaydi. Yiqilib, tirsagi va tizzalari bilan yon-atrofni his qilib ko‘rmagan bolalar esa boshqa bolalarga qaraganda dunyoni tasavvur qilish uchun ko‘proq vaqt sarflaydi.
- So‘zlovchi interaktiv o‘yinchoqlarning ko‘pligi. Turli xil so‘zlarni talaffuz qiluvchi va savollarga javob qaytaruvchi elektron hayvonchalar bolani faqat mexanik takrorlashga o‘rgatadi.
- Har qanday yoshda televizor. Televizorning sog‘liq uchun xavfli ekanligi barchaga ma’lum. Bundan tashqari, televizorning doimiy yoniq turishi bolaga o‘quv jarayoni va maktabdagi tartib-qoidalarga ko‘nikishga xalaqit beradi.
- Cheklovlarsiz elektron o‘yinlar. Agar bolada o‘yinlarga nisbatan hech qanday cheklov bo‘lmasa, bu unda qaramlikni yuzaga keltiradi. Natijada o‘yin o‘ynash istagi barcha qolgan narsalardan ustunlik qiladi.
- 3 yoshdan keyin uch g‘ildirakli samokatlar. Agar farzandingiz yangi ko‘nikmalar hosil qilishini xohlasangiz, g‘ildiraklar sonini o‘z vaqtida kamaytiring. Axir jismoniy rivojlanish aqliy rivojlanish bilan birga kechishi hammaga ma’lum.