Chaqaloq

Bolaning tishi chiqayotganda ota-ona qilishi kerak bo‘lgan vazifalar

Bolada ilk tishlarning chiqish jarayoni ba’zida qiyinchilik bilan o‘tadi. Bu jarayonda ota-ona quyidagilarga ahamiyat bermog‘i lozim:

  • Bolaning tishi chiqayotganda uning organizmida vitamin D yetarlicha bo‘lishini ta’minlash kerak. Buning uchun bola bilan toza havoda quyosh nurlari ostida ko‘proq bo‘lish tavsiya etiladi.
  • Bolaning tishi chiqayotganda istma chiqishi kuzatilsa, emlashni amalga oshirmaslik tavsiya etiladi. Chunki bu davrda bolaning immuniteti pasaygan bo‘lib, emlashdan so‘ng nohush holatlar vujudga kelishi mumkin.
  • Bolaning tishi chiqayotganda uni kuch bilan ovqatlantirmalik maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bola o‘zi istaganicha yeyishi yoki faqat emishi foydali bo‘ladi.
  • Tishi chiqayotgan bolaning solagi oqishi natijasida organizmidan ko‘p suyuqlik chiqib ketadi, shuning uchun unga ko‘proq suv ichirib turish kerak.