Bola zaharli modda iste’mol qilganini bilsangiz, darhol toksikologik markazga olib boring yoki kasalxonadan tez yordam xizmatini chaqirtiring !
Ularga quyidagi ma’lumot kerak bo‘ladi:
- Bola yutib yuborgan mahsulot nomi, va uning tarkibi;
- Bola zararli mahsulotni qachon va qancha ichib yubordi;
- Bola yoshi va vazni;
- Simptomlar: yo‘tal, qusish, g‘ayri oddiy holat va boshqalar;
- Sizning telefon raqamingiz.
Agar toksikologik markaz yoki kasalxonadan sizga bolani qustirish kerakligi aytilsa, quyidagilarni amalga oshiring:
- Bolaga 1 osh qoshiq ipekakuana siropini, orqasidan 1 stakan (240 ml) suv ichirib yuboring. Oldingizda tog‘ara bo‘lsin, yoki bolani darhol vannaga olib boring.
- Sirop bola oshqozonida yaxshilab tarqalishi uchun bolani qo‘lingizda chayqab o‘tiring
- Agar 20 daqiqa orasida qusish boshlanmasa, ipekakuana siropidan yana 1 osh qoshiq ketidan 1 stakan suv bilan ichiring.
- Bola qusishni boshlaganda, bolani yuzi bilan yerga qaratib engashtiring, bola boshi tanasidan pastroq bo‘lmog‘i lozim. Qusgan suyuqlikni tashlab yubormang. Ichidagi moddalar toksikologik markaz tomonidan o‘rganilishi kerak bo‘ladi.
- Qustirgandan keyin bolani 1-2 soat davomida kuzating. Unda zaharlanish alomatlari bor-mi, yo‘q-mi?
Eng asosiysi, HECh QAChON kasalxonadan yoki toksikologik markaz bilan maslahalashmagan holda bolani qustirmang. Ayrim zaharli moddalar qusish jarayonida bola nafas olish organlariga qattiq zarar yetkazishi mumkin!
Masalan, neft mahsulotlari, mebel yoki avtomobil ehtiyot qismlari, yediruvchi kuchli moddalar, nashatir spirti, xlorkali suyuqlik kabi moddalar bilan bola zaharlansa bolani vrach maslahatisiz aslo qustirmang.
Agar bola burun yo‘llari bilan, toksikologik hidlardan zaharlanib qolsa, u holda honani shamollatib, bolani darhol ko‘chaga toza havoga olib chiqing. Uni yaxshilab kuzating. Agar bolada yo‘tal, bo‘shashish paydo bo‘lsa, darhol tibbiy yordamga murojaat qiling.
Manba: Uzbaby.Uz