Bilasizmi?

Chaqaloqni cho‘miltirish

Cho‘miltirish vaqti go‘dak yoshiga qarab belgilanadi. Yangi tug‘ilgan go‘daklarni 5 daqiqagacha cho‘miltirish mumkin, 3-4 oylik go‘daklarda esa 12-15 daqiqagacha boradi.

Cho‘miltirish bu – faqatgina zarur gigiyena va chiniqtirish bo‘libgina qolmay, ona va bola o‘rtasida nozik muloqot hamdir. Eng yaxshisi har doim go‘dakni bir vaqtda, kechki emizish oldidan cho‘miltirgan ma’qul. Suv harorati 37C larni tashkil qilishi lozim. Hammom havosining harorati esa 24-25S tashkil qilishi kerak.

Ko‘pchilik go‘daklar uchun cho‘milish vaqti o‘tishi bilan zavqli muolajaga aylanadi. Ammo avvaliga bu muolaja siz va farzandingizga yoqmasligi mumkin. Go‘dak yalang‘och holida o‘zini noqulay sezadi, ona esa kichkinagina odamchani qo‘liga olishdan hayiqadi. Eng birinchi cho‘miltirish tug‘ruqxonadan chiqishingizga to‘g‘ri keladi. Bu muolaja oson bo‘lishi uchun, kerakli narsalarni oldindan tayyorlab oling.

Yo‘rgak moslamasida mana bu narsalarni tayyorlab qo‘ying:

  • Toza kiyim (raspashonka, polzunki, paypoq, shapka)
  • Toza chit yo‘rgak
  • Taglik
  • Paxtalik cho‘plar
  • Vodorod peroksidi eritmasi
  • 2% li ko‘kdori yoki 1% li xlorofillipt eritmasi
  • Go‘dak taglik osti kremi
  • Bolalar kremi yoki go‘dak uchun maxsus molochko
  • Soch uchun mo‘ytaroq

Cho‘miltirishni boshlashdan oldin suvning haroratini termometr bilan o‘lchab oling. U 37C atrofida bo‘lishi kerak. Bundan issiq suvda go‘dak isib, sovug‘ida sovib ketishi mumkin. Natijada farzandingiz injiqlanishi mumkin, va yoqimli bo‘lgan muolaja katta muammoga aylanishi turgan gap. Go‘dakni birinchi kunlaridanoq ishlatilishi mumkin bo‘lgan cho‘milish vositasini suvga qo‘shing. Yumshoq suyuq vositalar kundalik ishlatish uchun mos keladi.

Sizga quyidagilar kerak bo‘ladi: 

  • Go‘dak vannochkasi
  • Chayintirish uchun obdasta yoki yog‘log‘i
  • Suv uchun termometr
  • Cho‘milish uchun ko‘pik shampun
  • Kapyushonli katta hammom sochig‘i

Boshlaymiz:

  • Vannochkaga kerakli miqdorda suv to‘ldiring, cho‘milish uchun maxsus ko‘pik shampun solib aralashtiring.
  • Go‘dakni yechintiring va ehtiyotkorlik bilan suvga tushiring. Uning kuraklari chap qo‘lingizning panjasida, boshi esa bilagingizda (agarda siz o‘naqay bo‘lsangiz). Boshqa qo‘lingiz bilan go‘dakni yuvasiz.
  • Bo‘sh qo‘lingizda ehtiyotkorlik bilan suv quying. Go‘dak jiddiylashsa yoki yig‘lasa hiyol jilmaying va u bilan suxbatlashing.
  • Qo‘lingizga ozgina miqdorda ko‘pik shampundan oling ko‘pirtiring va yuvishga kirishing.
  • Go‘dakni ketma-ketlik asosida yuvintirish lozim: bo‘yin, ko‘krak, qorin, qo‘lchalari va oyoqchalari, belini undan keyin boshini.
  • Bo‘ynidagi bo‘g‘inlarni, qo‘ltiq ostini, but bo‘g‘inlarini, tirsak va tizza bukilmalarini tozalab yuving.
  • But orasini tozalab yuvish zarur. Infeksiya kirmasligi uchun go‘daklarni oldidan orqaga qarab yuvish kerak. Qiz bolalarda jinsiy a’zolarini ehtiyotkorlik bilan har bir bo‘g‘inini yuving, o‘g‘il bolalarni ham yehtiyotkorlik bilan jinsiy a’zosini (tuxumdonlariga tegmang), keyin anal teshigi atrofini yuving.
  • Kunda go‘dak boshini yuvib turish zarur, chunki odatda go‘dak boshi qattiq terlaydi.
  • Farzandingiz boshini qo‘lingiz bilan ushlab turgan xolda orqaga egiltiring. Sochlariga yuzidan manglayga qarab suv quying, ozgina ko‘pik-shampundan surtib ko‘pirtiring.
  • Boshning terisini massaj qiling, undan so‘ng ko‘pikni nozik harakatlar bilan yuzidan gardaniga qarab yuvib tashlang.
  • Endi go‘dakni obdastadagi suv bilan chayishingiz mumkin. Obdastadagi suv cho‘miltirilgan suvdan 10S ga iliqroq bo‘lishi kerak. Go‘dakni sochiqqa o‘rang va toza taglikka yotqizing.
  • Birinchi o‘rinda go‘dakning boshini keyin tanasini quruqlab oling. Har bir tanadagi bo‘g‘ini e’tibor bilan artilishi kerak.
  • Kindik yaraga ishlov bering. Yara hali bitmagan bo‘lsa, cho‘milishdan keyin uni sochiq bilan yengilgina quriting. Keying paxta cho‘pini olib, uni 3% vodorod perikisi bilan xo‘llang. Ortiqcha namlikni toza paxta cho‘pi bilan olib tashlang. Ko‘kdori yoki xlorofillipt 1% li eritmasida ho‘llangan boshqa paxta cho‘pi bilan kindik yarasiga ishlov bering. Yoki pediatringiz tavsiyasiga rioya qiling.
  • Go‘dak kremini yoki go‘dak molochkosini hamma bo‘g‘inlariga surtib chiqing.
  • But bo‘g‘inlariga va taglik ostiga taglik osti kremini suring.
  • Taglik taqing va farzandingizni kiyintiring. Bosh kiyim esingizdan chiqmasin. Farzandingiz endi ozoda va juda chiroyli bo‘ldi, endi uni emizishingiz mumkin.

Qattiq sovun bilan go‘dakni cho‘miltirish tavsiya qilinmaydi.

Cho‘miltirish vositalarini tanlaymiz. 

Dermotolog mutaxassislari o‘zini juda ham zo‘r tozalash vositasi deb tavsiyalangan mashxur qattiq sovunni, allaqachon katta odam terisi uchun zararligiga amin bo‘lishgan, go‘dak terisi haqida so‘z ochmasak ham bo‘ladi. Insonning teri yuzida himoya qoplami (gidrolipid mantiyasi) mavjud, shu himoya qoplami inson terisini tashqi agressiv muhitdan - quyosh, shamol, suv va boshqalardan himoya qiladi. Go‘daklarning teri yuzidagi himoya qoplami juda yupqa va nozikdir, chunki uning barkamollashishi 3 yoshga to‘g‘ri keladi. Go‘dak terisining pH darajasi 6,5 ni tashkil qiladi va bir necha oy davomida 5,5 gacha o‘zgaradi (sust nordon). Xuddi shu omil mikroblardan saqlanishda katta himoya qiladi.

Oddiy qattiq sovunning pH darajasi 10 ga teng, alohida yumshatish vositalari yordamida ham 7 gacha tushurishi mumkin. Sovunning tarkibidagi ishqor terining himoya qobig‘ini “yo‘q qilib” tashlaydi. Bu esa nozik ta’sirchan go‘dak terisi infeksiyalanishiga olib keladi. Go‘dak organizimi himoya qobog‘ini tiklashga harakat qiladi va terining chuqur qatlamlaridan namlikni o‘ziga tortadi. Shu tariqa nozik go‘dak terisining chuqur to‘qimalari quriydi, har qattiq sovun ishlatilganda terini qurishi kuchayadi.

Mana shu sababdan mutaxassislar sovun va ishqor komponentlari bor vositalardan butunlay voz kechishni tavsiya qiladi. Yumshoq, tarkibida sovun bo‘lmagan ko‘pik va krem geli go‘dak terisi yuzidagi suv va yog‘larni eritadigan kirlardan teri himoya qoplamini zararlantirmagan holda tozalaydi.

Manba: Beka.Uz