Bilasizmi?

Chaqaloqqa ovqat berishni qachon boshlash kerak?

Bola 6 oyga to‘lgach ko‘krak suti yoki smesdan tashqari qo‘shimcha ovqatni berishni boshlasa bo‘ladi. Bolaning oshqozoni yangi taomlarga o‘rganmagani uchun, bu yerda asta-sekinlik va ma’lum bir bosqichlardan o‘tish talab etiladi.

Nimadan boshlaymiz:

-Banan; -Guruchli kasha; -Nok; -O‘zingiz tayyorlagan olma sharbati.

Taomlarning holati:

-Yaxshilab ezilgan, pyure shaklida qoshiq uchida beriladi.

Bolaga qo‘shimcha ovqat berishda eng asosiy qoida bu shoshilmaslik.

Har bir yangi mahsulotni qo‘shishni boshlaganingizda kuzating. Bolada unga nisbatan allergiya yoki ichi buzulish holati kuzatilmasa, sekin-sekin porsiyani oshirish mumkin. Bir-ikki haftalardan so‘ng ikkinchi mahsulotni berib ko‘ring.

Bunda ham biroz kuzatib, keyin porsiya miqdorini oshirishingiz mumkin.

Mahsulotlar yangi va yaxshilab yuvilgan bo‘lishi lozim.

Kattalar ovqatidan hali bermay turing. Bolaga yoqib albatta iste’mol qilishi mumkin, lekin uning oshqozoniga bu katta yuk bo‘lib, bola kuchi va energiyasi butunlay o‘sha ovqatni hazm qilish uchun ketib qoladi.

Maqola yoqqan bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!
Manba: Uzbaby.uz