Bilasizmi?

Dunyoning eng semiz bolasi maktabga mustaqil qatnash uchun ozishga majbur bo‘ldi

Indoneziyalik, dunyoning eng semiz bolasi deb tan olingan Ariya Permen maktabga o‘zi mustaqil qatnashi uchun 5 kilogrammga ozdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

“Men o‘zimni yengil his qilyapman, oldingidek och qolmayapman. Foydali mahsulotlarni iste’mol qilish yoqadi”, deydi Perman. Unga buyurtma asosida maktab formasi tikilgan. Bola maktabga o‘zi mustaqil qatnashidan judayam xursand.

Permanni ilgari ochlik hissi qiynagan, u kuniga besh marotaba guruch, baliq, mol go‘shti va sho‘rva iste’mol qilgan. 10 yoshli bola 230 kilogramm vaznga ega bo‘lib, mustaqil ravishda o‘tirib tura olmagan, yurolmagan.

2016 yilning iyun oyida uni ota-onasi maxsus parhez tutishga, bundan tashqari har olti daqiqada yurishga, suzish bilan shug‘ullanishga, jismoniy mashqlarni bajarishga majbur qilgan. Ikki oy davomida u 5 kilogrammga ozgan. Bolaning onasi o‘g‘li tug‘ilgandanoq boshqa chaqaloqlardan pahlavonligi bilan farq qilganini, o‘g‘lining baquvvat va sog‘lomligidan xursand bo‘lganini, ammo oradan yillar o‘tgach, semirib ketganini bildirgan. Uni kasalxonaga olib borishganda, vrachlar bolaning sog‘lomligini tasdiqlagan. Ariyani tekshiruvlardan o‘tkazish uchun ota-onasi qarzga pul olgan. Ammo 2016 yilda milliy va dunyo OAVlari bola haqida yozgandan keyin vaziyat ijobiy tomonga o‘zgargan.

Manba: Darakchi.uz