Tarbiya

Farzand tarbiyasidagi otaning o‘rni haqida 7 fakt

  1. Genetik kurash. Garvard Universiteti biologi Devid Heyg olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ota va onaning genlari embrionda o‘zini turlicha tutarkan. Ya’ni, ota genlari embrionning onadan iloji boricha ko‘proq kuch olishiga urinarkan, bu esa ayol sog‘lig‘iga zarar yetishiga olib keladi. Ona genlari esa o‘z organizmini saqlash maqsadida bir oz passiv harakat qilarkan.
  2. Homiladorlikda minimum xavf. Florida universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, homiladorlik davomida otaning ona bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishi bolaga ijobiy ta’sir ko‘rsatarkan. Ona qornida «otasiz» o‘sgan bolalar ko‘pincha vaqtidan avval tug‘ilarkan. Shu bilan birga bunday bolalarda 1 yoshgacha bo‘lgan o‘lim xavfi ortarkan. Buni qarangki, otaning ruhan qo‘llab quvvatlashi bo‘lajak ona salomatligiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatarkan.
  3. Og‘riqsiz tug‘ruq. Tadqiqot natijlariga ko‘ra tug‘ruq jarayonida turmush o‘rtog‘ining qatnashishi, to‘lg‘oq og‘riqlarini birmuncha yengillashtirarkan.
  4. Tug‘ruqdan keyin… Chaqaloq tug‘ilgach esa ota u bilan iloji boricha ko‘proq gaplashishi zarur. Ota bilan muloqotning yo‘qligi bolaning kelajakdagi xulq- atvoriga hamda tengdoshlari bilan munosabatiga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatarkan.
  5. Merosxo‘rni tarbiyalaymiz. Oksford olimlari 1 yoshdan oshgan bolalarni kuzatdilar. Ularning orasida otasiz o‘sayotganlarida atrofdagilarga nisbatan qo‘pollik va agressiya sezilgan. Bir vaqtning o‘zida ona berayotgan mehr va e’tibor bu jihatlarga ta’sir o‘tkazmagan. Qarangki, ona qancha urinmasin, ota o‘rnini bosolmas ekan.
  6. Otaning bola nutqiga ta’siri. Otalar bola nutqining rivojlanishiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatarkanlan. Sababi, onalar bola bilan ko‘proq birga bo‘ladilar va gaplashganda ham bolaning so‘z boyligidan kelib chiqib oddiy, unga chunarli tilda gapirarkanlar. Ota esa farzandi bilan gaplashganda kengroq so‘z boyligidan foydalanadi, bu esa bevosita kichkintoy nutqining rivojlanishiga yordam berishi tabiiy. Bunday natijalarni dunyo bo‘ylab o‘tkazilayotgan bir nechta tadqiqotlar tasdiqlamoqdalar.
  7. Otasiz o‘sayotgan qizlar… Ko‘p yillik tadqiqotlari natijasiga ko‘ra otasiz o‘sgan qizlarda jinsiy balog‘at tengdoshlariga nisbatan vaqtliroq kuzatilgan. Olimlarning ta’kidlashicha bunga sabab qizaloq ong ostida oilada erkak kishining yo‘qligi sababli o‘zini himoyasiz sezib tezroq katta bo‘lishni xohlarkan.

Qaniydi har bir ota- «Farzandlarim bilan jon deb vaqt o‘tkazaman. Bu ular uchun foydali ekanigina emas, ularni juda sevganim uchun» — deya olsa.

Manba: Maslahatim.uz