Bilasizmi?

Farzandga onasining familiyasini berish mumkinmi?

Savol: Otalik bekor qilingandan so‘ng farzand ota familiyasini onasining familiyasiga o‘zgartirishi mumkinmi?

Javob: Oila kodeksinig 81-moddasi 1-bandiga ko‘ra, ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-ona qaysi bolaga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo‘lsa, shu bolaga nisbatan bo‘lgan qarindoshlik faktiga asoslangan barcha huquqlardan, jumladan, undan ta’minot olish, shuningdek, bolali fuqarolar uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va nafaqalar olish huquqlaridan ham mahrum bo‘ladi. Demak, otalik bekor qilingach, farzand va ota o‘rtasida qarindoshlik yuzasidan hech qanday huquq va majburiyatlar qolmaydi. Shunday ekan, bu holatda farzandning familiyasini ota familiyasidan chiqarib, onasinikiga o‘zgartirish mumkin.

Buning uchun otalik huquqidan mahrum qilinganlik haqidagi sud qarori bilan tuman yoki shahar FHDY bo‘limiga borish lozim.

Eslatib o‘tamiz, ota-onalik huquqidan mahrum bo‘lish ota-onani o‘z bolasiga ta’minot berish (aliment to‘lash) majburiyatidan ozod qilmaydi.