Kutubxona

Farzandimiz bilan sartarosh o‘yinini o‘ynaymiz

“Ya Happy Mama” nashri bolalar bilan sartarosh o‘yinini o‘ynab, shu bilan bir vaqtda qaychidan foydalanishni o‘rganish usulini ko‘rsatib berdi.

Buning uchun bizga:

  • oq va rangli qog‘ozlar;
  • karton;
  • flomasterlar;
  • qaychi;
  • yelim kerak bo‘ladi.

igry-v-parikmahera-625x641

Dastlab, kartonga odam yuzlarini chizamiz va ularni kesib olamiz. Endi esa rangli qog‘ozlardan soch, mo‘ylov va soqollar qirqib, ularga yopishtiramiz. Bu jarayonda fantaziyani ishga solish zarur.

parikmaher-625x644

Endi o‘yinni boshlash mumkin. Farzandingiz sartaroshlik vazifasini bajarsin, uning qabuliga turli mijozlar kelsin. Kimningdir sochini, kimningdir soqolini kesish kerak. Qaychidan foydalanib, “mijozlarga xizmat ko‘rsatish”ni bolaning o‘ziga qo‘yib bering.

igra-parikmaherskaya-625x606

igraem-v-parikmaherskuyu-625x606

Shunchaki qog‘oz kesishdan ko‘ra, rolli o‘yin o‘ynash bolalar uchun albatta qiziqroq bo‘ladi. Buning uchun siz “mijozlar” nomidan gapirib, bola bilan muloqot qiling.