Ona va bola

Farzand bilan o‘zaro ishonchli aloqalarni o‘rnatish sirlari

Har bir ona farzandini unga ishonishi, yaxshi ko‘rib, hurmat qilishi, sirlarini bo‘lishishi va biror ishni qilishdan oldin maslahatlashishini orzu qiladi. Bunday munosabatlarni qanday o‘rnatsa bo‘ladi? Quyida ana shunday o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni o‘rnatishning qoidalarini keltirib o‘tamiz:

  1. Bolaning ustidan kulmang!

Onaning bolasini ustidan kulishi - kichkintoylar uchun juda og‘riqlidir. U bunday holni chuqur xafagarchilik sifatida butun umrga eslab qoladi.

  1. Farzandingizga quloq tuting va savollariga javob qaytaring

Farzandingiz qanday yoshda bo‘lishi yoki uning savoli qanchalik aqlli yoki ma’nosiz bo‘lishiga qaramasdan, ularga doim javob bering! Agar uning savoliga javobni bilmasangiz buni ham ro‘y-rost ayting. O‘ylab ko‘rish uchun biroz vaqt so‘rashingiz mumkin. Lekin savol yuzasidan albatta izlanishni va bu mavzuga qaytishni unutmang.

  1. Ulardan maslahat so‘rab turing

Bolalardan maslahat so‘rash orqali siz oilada uning fikri qadrlanishi va u oilangizning to‘la huquqli a’zosi ekanligini ko‘rsatasiz. Bolalar ba’zan juda qiyin muammolarning yechimini osongina topishi yoki vaziyatdan chiqib ketishning kutilmagan yo‘lini topib sizni hayratda qoldirishi mumkin. Farzandlaringizning fikrlarini inobatga oling!

  1. "Senga aytgandim-ku!" degan jumlani nutqingizdan chiqarib tashlang

O‘ylab ko‘ring, siz bu jumlani qaytaraverish orqali bolangiz bilan musobaqalashgandek bo‘lib qolasiz. Yaxshi, siz haq bo‘lib chiqdingiz... Jimgina xursand bo‘ling! Bola shusiz ham hammasini tushunib yetdi.

  1. Har qanday xayrli istak va orzularini qo‘llab-quvvatlang

Boladagi tashabbusni o‘ldirmaslik uchun uning har bir boshlagan ishini va istaklarini ma’qullab, qo‘llab-quvvatlab turing. Bola bu mashg‘ulotni bir oydan keyin tashlab qo‘yishi muhim emas. Asosiysi u izlanmoqda... 20 yoshlarga yetganda, u o‘zi uchun muhim yo‘nalishni aniqlab oladi.

  1. Farzandingiz yig‘layotganda, uni ovuting

Bolalar uzoq vaqt yig‘lamasligi lozim. Uni quchog‘ingizga olib, o‘pib qo‘ying, nimadan xafaligini so‘rang! Farzandingiz qaysi yoshda bo‘lishidan qat’i nazar, yig‘lab turgan paytda uni ovuting!

  1. Uzoq pand-nasihatlar haqida unuting
  2. Doim farzandingiz tomonda bo‘lishingiz lozimligini unutmang!

Uydan tashqarida, boshqa odamlar orasida ekanligingizda farzandingiz doim haq bo‘lishi va siz u tomonda bo‘lishingiz lozim. Tarbiyachilar, o‘qituvchilar yoki qo‘ni-qo‘shnining gapini ma’qullab ketmang. Bu sizning farzandingiz va siz u bilan bitta jamoasiz!

Shunday yo‘l tutingki, farzandingiz sizni dunyodagi eng ishonchli odam deb bilsin!

Maqolani tayyorlashda internet manbalaridan foydalanildi.