Tarbiya

Farzandingiz keraksiz saytlarga kirishidan havotirdamisiz?

Agar siz qachondir bolangiz foydalangan brauzerning arxivini tekshirganingizda, to‘satdan nobop saytlarga kirilganini ko‘rsangiz, jahlingiz chiqishi tabiiy. Bu holatni bartaraf etish uchun bizda yaxshi yangilik bor. “Google” bolalarga mo‘ljallangan yangi qidiruv xizmati “Kiddle”ni taqdim etdi. “Kiddle” bolangiz internetdan foydalanayotgan paytda, siz ish bilan band bo‘lganingizda, har xil ochiq videolar va shunga o‘xshash narsalarga kirish imkoniyatini cheklaydi. Bu haqda “AdMe” ma’lum qildi.

“Kiddle”ning dizayni ham faqat bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda oddiy oq fon o‘rniga robotli kosmik suratdan foydalanilgan. Birinchi taklif etiladigan saytlar bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, qolganlari esa kattalarning ong darajasiga mos bo‘lsada, filtrlangan.

“Kiddle”ni tekshirib ko‘rish uchun, bolalar izlashi mumkin bo‘lgan, bir necha odobsiz so‘zlar yozib ko‘rildi, bu borada, mazkur qidiruv xizmati o‘zining xavfsizligini isbotladi. Ekranda esa yomon so‘zlardan g‘azablangan robot tasviri paydo bo‘ldi. Masalan, sizning bolalaringiz Jastin Biber haqida biror nima bilishni xohlayapti, lekin bu sizga yoqmayapti, xotirjam bo‘ling “Kiddle” faqat bolalar uchun munosib rasimlar va matnlarni taqdim etadi.

Texnologiyalar asrida bolalar kattalardan ko‘ra, kompyuter bilan juda erta tanishadilar. Ular internetdan muloqot va o‘rganish uchun foydalanadilar. Bolalarning tasodifan yoki atayin har xil uyatli, keraksiz saytlarga kirib ketishining oldini olish maqsadida mazkur loyiha ishlab chiqildi. Zero, bolalar tarbiyasining buzulishidan qo‘rqib, ularni zamonaviy texnologiyalardan ajratib qo‘ya olmaymiz, ularni himoya qilishning boshqa choralarini topish maqsadga muvofiqdir.

Ruslan Sulaymonov
Manba: Qalampir.uz