Tarbiya

Farzandingiz tengdoshlari orasida kimligini bilasizmi? Yetakchi, yulduz yoki kuzatuvchi…(II qism)

Farzandimizga o‘z jamoasida munosib o‘rin egallashi uchun biz kattalar ham yordam bera olamiz. Bolalarning jamoadagi o‘rni turli yoshda turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.

Farzandingiz tengdoshlari orasida kimligini bilasizmi? Yetakchi, yulduz yoki kuzatuvchi...(I qism)

7 yoshdan 10 yoshgacha: Zakovatlilar yetakchi

Ushbu yoshda bolalar uchun o‘qish katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham eng aqlli bolalar “yetakchi”ga aylanadi. Bolada o‘z o‘rnini anglab yetish va boshqa bolalar uchun javobgarlik hissi paydo bo‘ladi. Ular “yetakchi” uchun zerikarli tuyulishi mumkin, shunda u o‘zini yolg‘iz his qila boshlaydi. Bu holatda uning muloqot doirasini kengaytirish zarur bo‘ladi.

Yaxshi do‘st esa “yulduz”ga aylanadi. U doim ko‘chirishga ruxsat beradi va ortiqcha ruchkasini bo‘lishadi. Ba’zan ular mashhurligini saqlab turish uchun hammaga yoqishga urinadi. Masalan, o‘ziga zarar qilib bo‘lsa ham, dars davomida boshqalarga aytib turish kabi. Bolaga u irodasiz odam degan nomni orttirishi mumkinligini tushuntirish lozim.

Maktabdan tashqarida do‘stlari bo‘lgan bolalar esa “kuzatuvchi”ga aylanadi. U umumiy sho‘xliklarda mamnuniyat bilan ishtirok etsa-da, sinfdoshlari bilan yaqin munosabatlardan o‘zini olib qochadi. “Kuzatuvchi”ga bolalarning unga nisbatan do‘stona munosabatini qo‘llab-quvvatlash zarurligini tushuntirish kerak.

Faqat o‘qishga qiziqadigan va juda ham itoatkor bolalar “oq qarg‘alar” hisoblanadi.

Ajratib qo‘yilganlar” esa odatda bolalar tomonidan “hech narsaga aqli yetmaydi” deb hisoblanganlardan iborat bo‘ladi. O‘qituvchilarning “sevimli” o‘quvchilari ham ba’zan ular qatoridan joy oladi. Ular yolg‘izlikdan qutulish uchun sinfdagi eng sabrli bolalar – “yulduzlar” bilan do‘stlashishga urinib ko‘rishi lozim.

11 yoshdan 14 yoshgacha

O‘smirlik yoshining boshlarida o‘rinlar mazmuni biroz o‘zgaradi. Qarama-qarshi jins vakillarining e’tiborini o‘ziga jalb qila olgan hamda o‘qituvchilar bilan munozaralarda sinfdoshlarining manfaatlarini himoya qila oladigan bolalar “yetakchi”ga aylanadi. Kattalarga nisbatan qo‘pollik qilmasligi uchun ularga bahs chog‘ida o‘z talablarini asoslash maqsadga muvofiq ekanligini tushuntirish lozim.

Sinfdagi eng yoqimtoy va aksariyat sinfdoshlarining muhabbatini qozongan bolalar “yulduz”ga aylanadi.

Kuzatuvchilar” esa tengdoshlarini kichkina hisoblab, ularga yuqoridan qaray boshlaydi. Ular kattaroq yoshdagi do‘stlarga ega bo‘lganligi uchun sinfdagi obro‘si ancha oshishi mumkin.

Zamonaviy kiyinmagan o‘g‘il yoki qiz bolalar “oq qarg‘alar”ga aylanishi mumkin. Yoshlarning zamonaviy musiqaga bo‘lgan qiziqishi tobora oshib borayotgan bir paytda qaysidir musiqachilar guruhini boshqasidan ajrata olmaslik ham boshqalardan ajralib qolishga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday guruhlar qanchalik g‘ashingizga tegmasin, farzandingizga voqealar rivojidan xabardor bo‘lishiga ruxsat bering.

Ajratib qo‘yilganlar” esa xavfli guruhni tashkil etadi. Ular sinfdoshlari bilan aloqani butunlay uzib, o‘xshash muammoga ega bolalar orasidan do‘st topishga intiladi. Ajralib turish uchun esa ular darslardan qochish, chekish yoki boshqa yomonroq odatlarni o‘zlashtirishi mumkin. Ularga yordam berish uchun sport to‘garaklariga berishingiz mumkin. Yangi mashg‘ulot va yangi tanishlar tufayli ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi.

Maqolani tayyorlashda “Vospitay!” sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.