Bolalar taomi

Farzandingiz uchun foydali bo‘lgan 10 ta mahsulot

Bolalar taomi foydali va xilma-xil bo‘lishi lozim. Biroq ko‘pchilik ota-onalar ba’zi mahsulotlarni bolalar ratsioniga kiritishga shoshilmaydi. Quyida farzandingiz uchun foydali bo‘lgan 10 ta mahsulotni keltirib o‘tamiz.

  1. Yong‘oq va yong‘oq pastalari

Amerika Allergiya, astma va immunologiya akademiyasining oxirgi tadqiqotlariga ko‘ra, yong‘oq meva-sabzavotlar, don mahsulotlari bilan tanish bo‘lgan bolalarga 6 oylikdan boshlab berilishi mumkin. Yong‘oqlar - mikroelementlar xazinasidir. Yong‘oq, pista kabi mahsulotlar tarkibida ko‘p oqsil, foydali yog‘ kislotalari, Ye vitamini va marganets, kaliy hamda temir kabi minerallar mavjud. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar tabiiyki, qattiq yong‘oqni yeya olmaydi. Bunday vaziyatda yong‘oq pastalarini asta-sekinlik bilan bola ratsioniga kiritib borish mumkin.

  1. Tuxum

Tuxum bola uchun deyarli ideal taom hisoblanadi. U yengil hazm bo‘ladi va tarkibida foliy kislotasi, temir va xolin, oqsil, A, D va Ye vitaminlari mavjud. Bolaga qaynatilgan tuxumni pyure holiga keltirib berish mumkin. 8—9 oylikdan boshlab, qaynatilgan tuxum oqini kichik bo‘lakchalarga bo‘lib berish mumkin.

  1. Yog‘

Yog‘lardan qo‘rqmang, ularning bola miyasi va asab tizimi rivojlanishi uchun foydasi allaqachon isbotlangan. Farzandingizga pyure berishni boshlaganingizdan biroz vaqt o‘tib, unga kamroq saryog‘ ham qo‘shib boring.

  1. Loviya

Ushbu dukkakli o‘simlik oqsil, temirga boy, tarkibida foliy kislotasi, sink va marganets mavjud. Loviyani bir necha soatga suvda ivitib qo‘yib, keyin yumshoq holga kelguncha qaynating. Tayyor loviyani yosh bolalarga pyure holida, kattaroq bolalarga butunligicha turli taomlarga qo‘shib berish mumkin.

loviya

  1. Baliq

Farzandingiz ratsioniga losos, tunets, seld va sardina kabi baliq turlarini kiriting. Ular yarimto‘yinmagan yog‘ kislotalarining tengsiz manbasi hisoblanadi. Bu kislotalar bolaning ikki yoshgacha bo‘lgan davrida ayniqsa muhim hisoblanadi.

Juda kichik bolalar uchun baliqni toblab pishirib, uni teri va suyaklaridan ajratib, pyure holiga keltirish hamda ko‘krak suti bilan aralashtirib berish mumkin.

  1. Ziravorlar

Bolani qattiq taomga o‘rgatgandan keyin, asta-sekinlik bilan unga butun oila uchun mo‘ljallangan taomlardan berib boring. O‘tkir ziravorlarni berish tavsiya etilmaydi. Koritsa qo‘shilgan olmali pyure yoki petrushka va limon qo‘shilgan baliq kabi bir nechta variantlar mavjud.

  1. Tofu

Shifokorlar bir yoshdan keyin bola ratsioniga tofuni kiritishni tavsiya qiladi. Uning tarkibida temir, sink va juda ko‘p oqsil mavjud. Tofuni qovurish, toblab pishirish, qaynatish, asosiy taom yoki desert sifatida tortish mumkin.

tofu

  1. Bug‘doy non

Kichik yoshli bolalarga nonushtada bo‘tqalar, bug‘doy non yoki qotirilgan kulcha non berish tavsiya etiladi.

  1. Qo‘shimchalarsiz yogurt

Aromatizator va turli ta’m beruvchi qo‘shimchalarga ega bo‘lgan yogurt tarkibida 3 choy qoshiqqacha bo‘lgan shakar mavjud. Shirin ta’mga o‘rganib qolgan bola oddiy yogurtlarni yeyishni istamaydi. Shuning uchun 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolaga qo‘shimchalarsiz yogurt bering.

  1. Qizil go‘sht

Amerika Pediatriya akademiyasi tadqiqotlari kichkintoylar ratsioniga qizil go‘shtni kiritish lozimligini ko‘rsatdi. Undagi temir va sink don mahsulotlariga qaraganda yaxshiroq hazm bo‘ladi.

Maqolani tayyorlashda "Parents.ru" sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.