Bolani ovqat yeyishga, tartib asosida ovqatlanishga majbur qilish kerakmi? Bolaga qanday ovqat foydali? Biz siz uchun barcha savollarga javob tayyorlab qo‘ydik, deydi Daryo.uz nashri.
Bolani qat’iy tartib bo‘yicha ovqatlantirish kerakmi?
Tadqiqotlar bolani soatga qarab ovqatlantirish shart emasligini ko‘rsatdi. Bola o‘zi xohlaganida ovqatlanishiga qo‘yib berish yetarli, ammo, albatta, kuniga 3 marta ovqatlanishini nazorat qilib turish kerak. Shuningdek, olimlar test o‘tkazdilar va 9 oylikdan 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nimani xohlasa va qachon xohlasa yeyishi uchun sharoit yaratib berdi. Natijada ularning ratsionidagi ozuqaviy moddalar to‘plami shifokor tavsiyalariga mos bo‘ldi.
Bolaga go‘sht har kuni kerakmi?
Har kuni go‘sht tanovul qilish kattalarga ham zararli, bolalar haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Gap shundaki, go‘sht qiyin va sekin hazm bo‘ladi, u ovqat hazm qilish tizimiga og‘irlik qilishi mumkin. Go‘shtli taomlarni kunning birinchi yarmida bergan ma’qul, chunki ular uzoqroq hazm bo‘ladi.
Uch yoshgacha sutkalik norma — 85 gramm. Go‘sht o‘rniga haftada bir necha marta baliq berish kerak, uning sutkalik normasi esa 25 grammni tashkil etadi.
Bola chalg‘imasdan va tez ovqatlanishi kerakmi?
Ovqatlanish chog‘ida shoshilish doim zararli, to‘xtab-to‘xtab chaynash kerak. Bolani shoshirmaslik kerak — shoshilish faqat yaxshi chaynalmagan bo‘laklarni yutishga, oshqozon va asab buzilishiga olib keladi.
Bolaga asosiy taomdan keyin shirinliklar berish mumkinmi?
Desert va konfetlardan rag‘batlantirish uchun foydalanmagan ma’qul. Katta bo‘lgach, stressga tushganda va noxushlik yuz berganda, shirinlik bilan ovunadigan bo‘lib qoladi, bu esa ko‘pincha semirishga olib keladi.
O‘sayotgan organizm rostdan ham ko‘p yeyishi kerakmi?
Bolani zo‘rlab ovqatlanishga majbur qilmaslik kerak. Ortiqcha ovqat hazm bo‘lmaydi va organizmni «ifloslantiradi». Agar bola ko‘p va bajonidil harakat qilsa, sport bilan shug‘ullanib, kam yesa, xursand bo‘ling, demak uning metabolizmi yaxshi ishlaydi.
Bola ratsionidan yog‘li ovqatni chiqarib tashlash kerakmi?
Amerikalik tadqiqotchilar yog‘siz parhez ko‘rish qobiliyatini susaytirishini va miya rivojlanishini sekinlashtirishini aniqladi. Bola ratsionida yog‘li taomlar bo‘lishi kerak, lekin hamma narsa me’yori bilan!
Ovqatlanishdagi buzilish organizmdagi foydali bakteriyalar yo‘qolishiga olib keladimi?
Ha, bolaning balanslashtirilgan ovqatida oqsil, yog‘ va uglevodlar bo‘lishi lozim. Ular sanoat qo‘shimchalari qo‘shilmagan tabiiy mahsulotlarda (bo‘tqa, kefir, meva, tuxum, go‘sht va h.k.) bor. Ovqatlanish buzilishi oshqozon ichak trakti (OIT)da foydali bakteriyalar balansi buzilishiga olib kelib, ich ketishi (diareya)ga, allergik reaksiyalarga, ich dam bo‘lishiga va qorin shishishiga sabab bo‘ladi.
Organizmdagi foydali bakteriyalarni tiklash uchun probiotiklar kerakmi?
Ha, kerak. Probiotiklar oshqozon-ichak traktida viruslar va kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalar rivojlanishiga yo‘l bermaydigan kislotali muhitni saqlashga yordam beradi, shuningdek allergenlarga qarshi immunitetni kuchaytiradi. Agar bolada infeksion ich ketishi kuzatilsa, dori bilan birga probiotiklar bering. Ammo, agar dorilarni birinchi kasallik alomatlar kuzatilgandayoq bersangiz, probiotiklar samaraliroq ta’sir qiladi.
Yo‘riqnomaning to‘liq matni bilan ushbu havola bo‘yicha tanishishingiz mumkin.