1. Zarar keltiradi
Chunki men shunday dedim!
Foyda keltiradi
Bilayapman, yana o‘ynaging kelyapti. Lekin buvingnikiga borishimiz kerak.
2. Zarar keltiradi
Yig‘lama!
Foyda keltiradi
Qanchalik og‘irligini bilaman, o‘rningda men ham xafa bo‘lardim.
3. Zarar keltiradi
Ovqatingni yeb qo‘ymasang, kichkina va nimjon bo‘lib qolasan.
Foyda keltiradi
Ovqatingni yeb qo‘ysang, xuddi dadangdek aqlli va kuchli bo‘lasan.
4. Zarar keltiradi
Noto‘g‘ri qilayapsan, ber bu yoqqa!
Foyda keltiradi
Kel senga buning oson yo‘lini o‘rgataman.
5. Zarar keltiradi
Xavotir olayotganingni ko‘rib turibman.
Foyda keltiradi
Kel bu haqda gaplashib olamiz.
6. Zarar keltiradi
Bo‘laqolsangchi, yana qancha kutish mumkin!
Foyda keltiradi
Kel, kim birinchi bajarishga o‘ynaymiz?
7. Zarar keltiradi
Ma, ol, faqat tinchlan!
Foyda keltiradi
Hammasini tushunaman, ammo bunga ruxsat bermasligimni bilasan-ku.
8. Zarar keltiradi
Idishingni yuvib qo‘ysang, shokolad beraman.
Foyda keltiradi
Esingdami, yaqinda idishlarni yuvib qo‘yganding? O‘shanda juda yordam berganding-da.
9. Zarar keltiradi
Men qayerdan bilay?
Foyda keltiradi
Hozircha bilmayman, lekin o‘rganib senga aytaman.
10. Zarar keltiradi
Televizorni o‘chir!
Foyda keltiradi
Kel, birga o‘ynaymiz.
11. Zarar keltiradi
Qara, nima qilib qo‘yding!
Foyda keltiradi
Bilaman, bunday qilmoqchi emasding. Keyingi safar ehtiyot bo‘l.
12. Zarar keltiradi
Sinfdoshing uyiga o‘z vaqtida keladi.
Foyda keltiradi
Iltimos, o‘z vaqtida kelishga harakat qil, bu judayam muhim.
Manba: Darakchi.uz