Bolalar taomi

Farzandingizni ajoyib shirinliklar bilan quvontiring

Olchali bulochka

Oshirma xamirni ikki qismga ajratib, biriga qizil ikkinchisiga esa yashil rang bo‘yoqlaridan qo‘shing. Qizil rangli xamirni tekis yoyib, ichiga olcha murabbosidan soling-da, rulet shaklida o‘rang. Yashil ranglisini ham yoyib, ichiga olchali ruletni joylaysiz. Uni ham o‘rab, qizdirilgan gaz pechiga qo‘ying.

ioOhIz6TqDKAnI5pVmzI5W0FrK_onv90

Kichkintoylar uchun sovg‘a

Kakao qo‘shilgan biskvit korjidan dumaloq shakl kesib oling. Yuzasini eritilgan shokolad bilan qoplang. Shokoladdan bezak qismlarini yasab, suratdagidek joylab olsangiz bo‘lgani.

RQQeIDlvZH1w0yngYCqlx0T5zqQGgJG4

Sevishganlar shirinligi

Uvalanuvchi xamir tayyorlab, rang beruvchi qizil bo‘yoq qo‘shing. Xamirni yoyib, yuzasiga eritilgan shokolad surting. Rulet shaklida o‘rab, kesing-da, orasini xiyol kattalashtiring.

aT2vo5roYwTYQERaJdQaCETRA70NGoBj

 Yong‘oqli xalqalar

Yoyilgan pechene xamirini xalqa shaklida kesib chiqing. Quyiltirilgan sutga maydalangan yong‘oqni aralashtirib, xalqa yuzasiga surting-da, qizdirilgan gaz pechida pishirib oling. Tayyor bo‘lgach, eritilgan shokoladga belab olasiz.

swuWh_5l8Vwaopq2do7PwY2d1-iAvxPW

Manba: Darakchi.uz