Amerikaning Ford kompaniyasi Fisher Price firmasi bilan hamkorlikda bolalar uchun elektromobil ishlab chiqardi. U “Mustang”ga o‘xshatib yasalgan. Power Wheels o‘yinchoqlari brendi ostida chiqarilgan. Mashinachada yo‘lni nazorat qiluvchi tizim bo‘lib, g‘ildirak joyidan jilmay aylansa, motor kuchini kamaytiradi, xavfli burilishda quvvat ta’minotini uzib qo‘yadi.
Sensor ekranchasiga qarab mashina zaryadini kuzatish mumkin. Ota-ona mashinachaning eng yuqori tezligini cheklab qo‘yish imkoniyati bor (soatiga 1,6-8 km). Bundan tashqari “Mustang” haqiqiy sportkar tovushini chiqaradigan tizimga ega. Pleyerni ulab musiqa qo‘yish mumkin.
Sunnat to‘yi o‘tkazilayotgan bolalar uchun ajoyib sovg‘a bo‘lgan bu “Mustang”cha 360 dollar turadi.
Avvalroq Tesla, McLaren P1, Mercedes-AMG GT va Land Rover Defender avtomobillarining bolalar uchun varianti ishlab chiqarilgan edi.