Bilasizmi?

Ford kompaniyasi bolalar uchun “aqlli” beshikni taqdim etdi

Ford konserni injenerlari Max Motor Dreams beshigini tayyorladi. Asli unda kattaroq bolakaylar ham yotishi mumkin, biroq tebratish funksiyasi sababli beshik deb atashga arziydi. Unda yotgan bolaga xuddi tunda mashinada ketayotgandek tuyuladi va bola huzur qilib uxlab qoladi.

Aqlli qurilma bolani ohista tebratadi hamda tunda harakatlanayotgan mashinaning tovushi va chiroqlarini o‘xshatadi. “Tungi mashina” mualliflarining fikricha bolakaylar beshikda jon-jon deb yotib uxlaydi va ota-onalarini tashvishga qo‘ymaydi. Max Motor Dreams beshigini mobil ilova yordamida boshqarish mumkin. Mobil ilova haqiqiy mashinaning harakatlanish vaqtidagi holatini yozib olib, qurilmada takrorlashni ham uddalaydi.

Agar beshikning ishqibozlari ko‘paysa, Ford yalpi ishlab chiqarishi mumkin.