Bilasizmi?

Foto: Toshkentda qurilayotgan «Anhor-Lokomotiv» parki 1 avgustda ochiladi

Daryo.Uz'ning yozishicha, Toshkentda 1 avgust kuni yangi — «Anhor-Lokomotiv» madaniyat va istirohat bog‘i foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Parkning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri — unda O‘zbekistondagi eng yirik, umumiy maydoni 12 ming kvadrat metrga teng kartodrom faoliyat olib borishidir.

Bog‘ning yozgi maydonida film namoyishlari, bayram konsertlari va ko‘ngilochar tadbirlar uyushtiriladi.

lokomotiv2

lokomotiv4-401x600

Bog‘ hududida hajmi 1810 metr kvadratga teng sun’iy hovuz ham quriladi. Unda retro-avtomobil ko‘rinishidagi katamaran va elektr-qayiqlarda suzish mumkin bo‘ladi.

lokomotiv3

Parkda to‘rtta kinozal, 320 o‘ringa mo‘ljallangan restoran, bolalar maydonchasiga ega qahvaxona, ikkita fudkort, bepul avtoturargoh bo‘ladi.

lokomotiv7

TTZdagi «Lokomotiv» parkida bo‘lgani kabi, bu yerda ham O‘zbekistonning turli osori-atiqalarini kichik ko‘rinishda tomosha qilish imkoniyati taqdim etiladi.

lokomotiv6

lokomotiv8

lokomotiv9