Bilasizmi?

Go‘dakni uyquga yotqizamiz

Kun mobaynida go‘dak kayfiyati tamoman uyquga bog‘liq. Kundalik uyqu oldi tartibi go‘dakda xavfsizlik tuyg‘usini keltirib, uyqu payti yaqinlashganini bildiradi. Tiniq va sog‘lom uyqu go‘dakning jismoniy va ruhiy rivojlanishining asoslaridan biridir. Uyqu go‘dakka sog‘lom o‘sishda, ota-onaga esa tinch damni ta’minlaydi.

Yangi tug‘ilgan go‘dak kerakli miqdorda uxlaydi. Uyqu vaqti sizning uyqingizdan farqli bo‘lib, individual holatga ega bo‘ladi. Ayrim go‘daklar ko‘proq kunduzi, boshqalari kechasi uxlashadi. Asta sekin bu holat o‘zgaradi, uyg‘oqlik davri uzayib, uyqusi tunga aylanadi.

Yodingizda tuting, go‘dak yotar joyi nafaqat qulay va chiroyli, balki xavfsiz bo‘lish kerak! To‘shak qattiq bo‘lishi kerak. Ikki tomonli to‘shaklarni ishlatish mumkin, “yozgi” – chitlik, “qishki” – junli. Uyqu anjomlari tabiiy bo‘lishiga e’tibor bering; bo‘z, chit, pahmoq, trikotaj.

Boshlanishiga go‘dakka 3-4 choyshab va 2-3 yopinchiq kerak bo‘ladi. Go‘dakka yupqa va qalin yopinchiqlar kerak bo‘ladi. Go‘dak faqat sovib qolmasligini emas, balki isib ketmasligini ham ta’minlash kerak. Go‘dakning birinchi yilida yostiq kerak bo‘lmaydi.

Go‘dak uyqu paytida tasodifan yopinchiqni boshiga tortib olmasligi uchun, mahsus belbog‘ va qisqichlardan foydalaning. Bamper (ingichka to‘shak, karavot chetiga taqiladi) go‘dakni karavot devorchalariga urilishdan saqlaydi, parda (baldaxin) esa quyoshning to‘g‘ri nurlaridan, yelvizaklardan va hasharotlardan asraydi.

Go‘dak tinch uxlashi uchun mutaxassislar uyqu oldi parvarishi sifatida quyidagi tavsiyalarni beradilar:

  • Tinchlantiruvchi vanna, cho‘miltirish uchun ko‘pik qo‘shish yordamida. Cho‘miltirish - bu aktiv kundan tinch kechaga o‘tishning eng yaxshi usulidir.
  • Tinchlantiruvchi massaj namlantiruvchi molochko yordamida. Yengil go‘dak molochkosi bilan massaj qilish go‘dakni tinch uyqu kayfiyatiga chorlaydi. Ona qo‘llarini go‘dakka tegishi go‘dak uchun yengillik va xavfsizlik tuyg‘usini beradi.
  • Taglik almashtirish. Kechki uyqusiga xech narsa halal bermasligi uchun, uxlatishdan oldin taglikni almashtirish zarur.
  • Kechki ovqatlantirish. Tungi uyg‘onishlar go‘dakning qorni ochligidan bo‘lishi mumkin, shuning uchun kechki ovqatlantirishni yodda tuting.
  • Tungi alla yoki ertak. Onaning mayin ovozi go‘dakni osoyishta uxlashiga chorlaydi. Ertaklarni ovoz chiqarib o‘qish go‘dakka ijobiy ta’sir etadi, so‘z boyligi birinchi onlardanoq ortib boradi va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi.

Manba: Beka.Uz