Dizayner Brendi Uitni tomonidan yog‘ochdan yasalgan boshqotirma-kitob o‘zida bilimdonlarning eng yaxshi ko‘rgan ikki mashg‘uloti – mutolaa qilish va boshqotirmalarni yechishni birlashtirdi, deb Kun.Uz yozmoqda.
Kitob besh qismga bo‘lingan bo‘lib, kitobxon uning har keyingi qulflab qo‘yilgan qismini o‘qishga o‘tish uchun avval boshqotirmani yechishi kerak bo‘ladi.