Homiladorlik

Homilador ayollar uchun tavsiyalar

  • Siz ayni paytda juda muhim davrni boshdan kechirayapsiz. Narsa va hodisalarni muhim va nomuhimga ajrating. O‘zingizga e’tiborli bo‘lib, atrofdagi ba’zi hodislarga ko‘z yuming.
  • Musiqa tinglab, biroz toza havoda sayr qiling. Bu kun davomidagi muammolarni unutishga, charchoqni yengishga ko‘mak beradi.
  • Kishiga estetik zavq bag‘ishlovchi, kayfiyatni ko‘taruvchi filmlar ko‘rish, suratlarni tomosha qilishning ham ayni payti. Hali chaqalog‘ingiz tug‘ilsa, yugur-yugurlaringiz ko‘payib, bu qiziqarli mashg‘ulotlarga vaqt topishingiz mushkul bo‘ladi.
  • Tug‘ilajak farzandingiz kelajakda dunyoqarishi keng, aqlli inson bo‘lishini istaysiz, to‘g‘rimi? Demak, harakatni hozirdan boshlang. Badiiy kitoblar mutolaa qiling. Asarlar mavzusi va mazmuniga e’tiborli bo‘lsangiz, bas.
  • Yuragingiz ostidagi ulg‘ayayotgan dilbandingiz bilan suhbatlashing. Unga baxtli hayotni tasvirlang. Dunyoga kelishini kimlar intizor kutayotganini ayting. Kelajakdagi orzularingiz bilan o‘rtoqlashing.
  • Atrofdagilarni yaxshi ko‘rishga harakat qiling! Homiladorman, meni tushunishmayapti, deb ortiqcha injiqlik qilmang. Axir bolajoningiz injiq va qaysar tug‘ilishini istamassiz?! To‘g‘rimi?
  • Kim bilandir tortishib qoldingizmi? Asabiylasha boshladingizmi? To‘xtang! Kulib, biror nimani bahona qiling-da, xonani tark eting. Chuqur-chuqur nafas oling. Bolajoningizning dunyoga kelishi, uning jajji qo‘lchalarini xayolingizda gavdalantiring. Shunda barcha muammolarni unutasiz.

Manba: Darakchi.uz