Homiladorlik

Homiladorlik taqvimi: 20-hafta

Tabriklaymiz, yo‘lning yarmini bosib o‘tdingiz! Qolgani yarmidan o‘tish siz uchun psixologik jihatdan osonroq bo‘ladi, chunki siz qorningizda qimirlaganini seza boshlaganingiz — murg‘ak go‘dakchani sevib ulgurdingiz.

Ikkinchi majburiy ultratovushli tekshiruv vaqti keldi, yana bir nechta tahlillardan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Eng yengil va qulay bo‘lgan ikkinchi uch oylik davom etmoqda.

20-haftada nimalar sodir bo‘ladi?

Bachadon ko‘tarilib, kattalashib bormoqda. Qorin oldinga chiqib qoladi, kindik ham bo‘rtib chiqadi. Ba’zi ayollarda ko‘krak uchidan sarg‘ish rangdagi suyuqlik — og‘iz suti ajraladi. Uni siqib chiqarish kerak emas, shunchaki ko‘krakni yumshoq sochiq bilan artib tashlang. Bu bo‘lg‘usi ko‘krak sutidan oldin keladigan suyuqlik bo‘lib, u tug‘ruq vaqtigacha ham kam-kam miqdorda ajralib chiqishi mumkin.

Agar bola juda qattiq qimirlasa, unga kislorod yetishmayotgan bo‘lishi mumkin. Toza havoga ko‘proq chiqing, balki homiladorlar uchun fitnes bilan ham shug‘ullanarsiz.

Qorin terisi tortishmoqda, axir bachadon kattalashmoqda. Shu tufayli yengil qichishish kuzatilishi mumkin, ammo maxsus krem va losonlar uni bartaraf etishga yordam beradi.

20-haftada homilaning rivojlanishi

Homilaning bo‘yi 14—16 santimetrga, og‘irligi 260 grammga yetdi. Hajmiga ko‘ra uni kichik kokosga qiyoslash mumkin. Bir necha haftadan so‘ng, nazariy jihatdan, homila yashashga qobil bo‘ladi. Deyarli barcha organlar va tizimlar shakllanib bo‘lgan, biroq ular mukammallashishi va ona qornidan tashqarida ishlashga tayyorlanishi kerak.

Bola eshita oladi, yorug‘likni farqlaydi, barmog‘ini so‘radi, boshini buradi. Vaqtning ko‘p qismini u uxlab o‘tkazadi, ammo “o‘yinqaroqlik qilish”ni ham unutmaydi. Bolaning terisi qalinlashdi, uning ostida yog‘ yig‘ilmoqda, uning yuzi esa hamon qariyani eslatadi, chunki u yerda hali umuman yog‘ yo‘q.

20-haftada homila birinchi marta ko‘zchalarini ochadi, uning nafaqat qovoqlari, balki kipriklari ham bor. Bola faol, va siz uning qimirlashini sezasiz.

Ko‘p bolalar 20-haftadayoq boshini pastga qilib joylashib oladi. Agar sizda bunday bo‘lmasa ham, xavotirga o‘rin yo‘q: u hali ko‘p marta holatini almashtiradi.

A’lo kayfiyat va ajoyib ishtaha

20-hafta — bu ajoyib ishtaha, yaxshi kayfiyat. Endi hatto, jig‘ildon qaynashi ham faqat homiladorlikkacha ham oshqozon-ichak yo‘li muammolaridan azob chekkan onalarnigina bezovta qilishi mumkin.

Agar siz o‘zingizni yaxshi his qilayotgan bo‘lsangiz, kafe, muzey, ommaviy tadbirlarga borishdan voz kechish kerak emas. Ijobiy hissiyotlar hozir sizga juda zarur.

Shirinliklarni mevalarga almashtiring

Shirin qiyomli sirokni meva va sabzavotlarga, qutidagi sharbatlarni rezavor mevali morslarga almashtiring.

Albatta bo‘tqalardan yeng, bu davrda grechkali va so‘li yormasidan bo‘tqalar tavsiya etiladi (ular temirga boy). Ho‘l yoki quruq mevalar solingan tvorog barvaqt kechki ovqat uchun optimal variant bo‘ladi, bir necha soatdan so‘ng esa (ammo bevosita uyqudan oldin emas) qaynatilgan baliq yoki mol go‘shtini iste’mol qiling.

Ultratovushli tekshiruv

Ushbu muddatda skriningli UTT tayinlanadi. Shuningdek, bo‘lajak ona qon va siydik tahlilini topshiradi. Ultratovushli tekshiruv chog‘ida bolaning yurak urishini, uning g‘alati-g‘alati harakatlarini ko‘rasiz. Sizga bolaning jinsini ham aytishlari mumkin.

Ba’zan aynan 20-haftada kreslodagi navbatdagi ko‘rik tayinlanishi mumkin, u og‘riqsiz bo‘ladi, shifokor bachadon bo‘ynining holatini tekshiradi.

20-haftadagi hissiyotlar

Ko‘kragingiz haqida qayg‘uring: ko‘plab ayollarda keyinroq ko‘krak bezlari xunuk holatga kelib qolishi hech ham emizish bilan bog‘liq emas, balki homiladorlik vaqtida noto‘g‘ri siynaband taqish va ko‘krakni parvarish qilmaslik bunga sabab bo‘ladi. Yaxshi do‘konga borib, qulay modeldagi siynaband sotib oling, teri cho‘zilishlariga qarshi krem haqida ham o‘ylash vaqti keldi.

Agar 20-haftadayoq shishishlar yuzaga kelsa, zudlik bilan shifokorga boring. Bu ushbu muddat uchun xos bo‘lmagan holatdir. Har qanday noodatiy hissiyotlar va og‘riqlar haqida shifokorni xabardor qiling.

O‘z razmeringizga mos kiyim kiying, tor buyumlarga mukkasidan ketmang. Poyabzal ham qulay bo‘lishi kerak, 3—5 sm balandlikdagi keng poshnaga ruxsat beriladi.