- Homiladorlik taqvimi: Birinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: Ikkinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: Uchinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: To‘rtinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: Beshinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: Oltinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: Yettinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: Sakkizinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: To‘qqizinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: O‘ninchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: 11-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 12-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 13-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 14-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 15-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 16-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 17-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 18-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 19-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 20-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 21-hafta
22-haftada bolaning organizmi yanada takomillashib bormoqda. U ona bilan chambarchas bog‘langan, jumladan hissiy jihatdan ham. Barcha kechinma va xavotirlaringiz unga ham o‘tadi.
Ehtimol, sizga uzoq turish, o‘tirish, bir xil narsa bilan shug‘ullanish qiyin bo‘lib qolgan. Bo‘lajak ona o‘zini qanday parvarish qilayotgani, o‘z organizmiga qanchalik g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘layotgani homiladorlikning bundan keyingi borishi va bolaning sog‘lig‘iga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
22-haftada nimalar sodir bo‘ladi?
Yaxshi bo‘lajak onaning asosiy sifati — tartib. Faqat chap yoningizda yoting, qulay holatda kursi suyanchig‘iga suyangan holda o‘tiring, oyoqlaringizni chalishtirib o‘tirmang. Barcha xatti-harakatlaringiz hozir ikki kishi — o‘zingiz va bolangizning sog‘lig‘iga ta’sir qilishini unutmang.
Vaqtingizni bekorga yo‘qotmang: hozir qilish mumkin bo‘lgan narsalarni uchinchi uch oylikda amalga oshirishga kuchingiz yetmasligi mumkin. Ko‘proq sayr qiling, muzey va ko‘rgazmalarga boring, shahardan tashqariga sayrlar uyushtiring.
Ko‘pchilik ayollar bu davrda bandaj taqishni boshlashi mumkin, u belga tushadigan yukni kamaytiradi. Bandajni tanlashdan avval albatta shifokor bilan maslahatlashing. Zarur bo‘lganida homiladorlar uchun gimnastikaga qatnashing, bu o‘zingizni tonusda saqlash va ortiqcha vazn to‘plashdan saqlanish uchun ajoyib imkoniyat.
22-haftada homilaning rivojlanishi
Bolangiz kuniga 200 tagacha harakatlarni amalga oshirmoqda, ularning barchasini ham siz eshitmaysiz albatta. Biroq agar bola o‘zi haqida juda tez-tez eslatayotgan bo‘lsa, unga kislorod yetishmayotgan bo‘lishi mumkin. Ehtimol siz kam sayr qilayotgandirsiz. Shifokorga homilaning bunday xatti-harakati haqida xabar bering, u bolaning bunday faolligi sababini aniqlaydi.
22-hafta — bola sezgilar orqali bilishga intiladigan davr. U o‘z yuzini silab ko‘rishi, qo‘lchalari bilan tutish harakatlarini amalga oshirishi, bachadon devorini urishi mumkin. U barmog‘ini so‘rishni juda yaxshi ko‘radi. 22-haftada qimirlashlar aniq-tiniq seziladi. Hozir uning uxlayotgani yoki uyg‘oq ekanligini osongina aniqlash mumkin. Mitti odamcha yorug‘likni qorong‘ilikdan ajratadi, onaning kayfiyati o‘zgarganini sezadi va xushohang kuyni farqlaydi. Bolaning qimirlashlari va tepishlariga albatta quloq tutish kerak: u sizga noto‘g‘ri o‘tirganingiz yoki yotganingizni yoki juda baland ovozda gapirayotganingizni “xabar qilayotgan” bo‘lishi mumkin.
Tez-tez ovqatlanish va yog‘siz taomlarni yeyish
Ortiqcha kilogrammlar tezkorlik bilan yig‘iladigan vaqt keldi. Bunga yo‘l qo‘yib berar ekansiz, vazningiz ortib ketishi xavfi tug‘iladi. Bu esa homiladorlikning kechishiga ham, tug‘ruq jarayoniga ham, yosh onaning qomatiga ham ta’sir qiladi.
Vitamin komplekslarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz-da, ovqatdan ham foydali moddalar olishga harakat qiling. Yog‘li qo‘y go‘shti o‘rniga mol go‘shti yeng, mayonezli salat o‘rniga zaytun yog‘i aralashtirilgan sabzavotli yengil salatlar iste’mol qiling. Yong‘oq, quruq mevalar, tvorog, dimlab pishirilgan sabzavotlarni albatta tez-tez yeb turing.
Homiladorlikning 22-haftasida ultratovushli tekshiruv
Ushbu muddatda ham ikkinchi skriningga yo‘llanma berilishi mumkin. Shifokor bolaning ahvolini kuzatib, kindik ichakchasi va yo‘ldoshning holatini baholaydi. UTTda homilaning rivojlanishidagi nuqsonlarni, yo‘ldoshdagi suvning kam yoki ko‘pligini aniqlash mumkin.
Ushbu tekshiruv bolaning hajmini ko‘rish imkonini ham beradi. 22-haftada homilaning bo‘yi 19 sm, og‘irligi 350 grammga teng bo‘ladi.
Shuningdek, ushbu haftada qon va siydikning umumiy tahlili olinishi mumkin.
22-haftadagi hissiyotlar
Siz hozircha kuchli semirganingiz yo‘q, qadam tashlashlaringiz ham yengil. O‘zingizni parvarish qilsangiz, o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz ortadi.
Ushbu davrda milklar bilan bog‘liq muammolar avj olishi mumkin: agar ular nihoyat darajada qattiq qonasa, tish pastasini o‘zgartirish va bir nechta xavfsiz stomatologik protseduralardan o‘tish kerak bo‘ladi.