- Homiladorlik taqvimi: Birinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: Ikkinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: Uchinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: To‘rtinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: Beshinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: Oltinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: Yettinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: Sakkizinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: To‘qqizinchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: O‘ninchi hafta
- Homiladorlik taqvimi: 11-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 12-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 13-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 14-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 15-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 16-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 17-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 18-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 19-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 20-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 21-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 22-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 23-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 24-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 25-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 26-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 27-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 28-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 29-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 30-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 31-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 32-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 33-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 34-hafta
- Homiladorlik taqvimi: 35-hafta
Vaqt siz va farzandingiz uchun ishlamoqda. Shifokor qabuliga odatdagidan ko‘ra ancha tez-tez borib turibsiz, u yo‘ldosh holatini tekshiradi. Siz, oilangiz va shifokoringiz kutish onlarini boshdan o‘tkazmoqdasiz.
Tug‘ruqxonaga olib ketiladigan narsalar taxt qilib qo‘yilgan, tug‘ruqqa tayyorlanishda, adabiyotlarni o‘qishda va yaqinda tuqqan onalar bilan muloqot qilishda davom etmoqdamiz.
36-haftada bolaning o‘lchamlari
Homiladorlik normal tarzda kechib, qog‘onoq suvi kam bo‘lmasa, ushbu muddatda bolaning og‘irligi o‘z me’yorida bo‘ladi.
Bo‘yi 46—48 sm, og‘irligi 2,6—2,8 kilogrammga yetib qolgan bola unchalik faol bo‘lmay qoladi: uning o‘mbaloq oshishi uchun joy yo‘q, bachadon unga torlik qilmoqda. Biroq uni albatta his qilasiz.
Bola doimiy ravishda barmog‘ini so‘rayotgani tufayli, uning yonoqlari lo‘ppigina bo‘lib qoladi. So‘rish harakati bilan birga, u yutish va nafas olish harakatlarini ham amalga oshiradi.
Mittigina yurakcha to‘liq shakllangan, asab, immun va endokrin tizimlari deyarli tayyor, ular yana biroz “yetilishi” kerak. O‘zi uchun zarur kislorodni bola kindik orqali qabul qilishda davom etmoqda.
Ona o‘zini qanday his qilmoqda?
36-haftaga kelib, vazningiz 12 kilogrammga ortishi — optimal holat. Agar bundan sal oshib ketgan bo‘lsa, xavotir olmang, tug‘ruqdan so‘ng ortiqcha vazndan osonlik bilan xalos bo‘lishingiz mumkin. Bachadon kindikdan 14—15 sm, qov simfizidan 36 sm tepaga ko‘tarilgan.
Ba’zan bola oyoqchalari bilan to‘g‘ri yuragingizning pastki qismiga urayotgandek bo‘lib tuyuladi, biroq bu uzoq davom etmaydi. 36—37-hafta davomida bolaning boshi tos suyagingizga qarab tushadi, natijada onaning nafas olish jarayoni yengillashadi. Biroq bosh pastga tushmasligi ham mumkin. Tug‘ruq birinchisi bo‘lmasa, ona bola dunyoga kelguniga qadar qiyinchilik bilan nafas olishi mumkin.
Suyaklar cho‘zilishi tufayli, tos suyagi sohasida og‘riq paydo bo‘ladi, bachadon organlarga bosim o‘tkazishi natijasida esa hojatga chiqish hollari ko‘payadi. Bachadon bo‘yni ushbu davrda yumshashni va qisqarishni boshlaydi, organizm tug‘ruqqa tayyorlanmoqda. Ammo ba’zi bolalar shoshqaloqlik qiladi va muddatidan oldin dunyoga keladi: 36-haftadagi tug‘ruq — ko‘p uchraydigan holat.
36-haftada qorin tosh qotadi
Ushbu muddatda o‘z ahvolingizni diqqat bilan kuzatib, o‘z organizmingizga quloq solish tavsiya etiladi. Agar belda og‘riqlar paydo bo‘lsa, ularning qanchaliq uzoq vaqt davom etishiga e’tibor qarating. Qorin tortishib og‘risa, uning davriyligi va davomiyligini qayd eting. Biroq agar homiladorlikning 36-haftasida siz bularning barchasini bir vaqtda his qilsangiz, ya’ni qorin tosh qotgani, bel tortishayotgani, qorin zirqirab og‘riyotganini sezsangiz, o‘z shifokoringizga qo‘ng‘iroq qilganingiz ma’qul. Bu bachadon gipertonusi bo‘lishi mumkin, bu tug‘ruqqa ham oz qoldi, demakdir.
36-haftadagi tug‘ruq
Homiladorlikning 36-haftasi tug‘ruqqa juda kam qolgani haqida signal beradi. Tug‘uruqxonada va u yerdan qaytib kelgandan so‘ng o‘zingiz va tug‘ilajak bolangiz uchun kerak bo‘ladigan buyumlarning barchasini tayyorlab qo‘yganingizga ishonch hosil qiling.
Shifokoringiz huzuriga haftada bir marta borib turing va u yoq-bu yoqqa kamroq chiqishga harakat qiling. Yaxshisi uyda bo‘ling, dam oling, axir muddatidan avval tug‘ruq boshlansa va bu paytda siz yo‘lda bo‘lsangiz, shifokoringiz sizga yordam berishi amri mahol.
O‘rningizdan turish qiyinlashsa
Ba’zan ertalablari homilador ayol to‘shakdan tura olmay qiynaladi. Bu hozir, 36-haftada qiyinlashadi. Agar sizda bunday muammo paydo bo‘lsa, keskin harakatlardan tiyiling. Avval yon tomoningiz bilan yotib, so‘ng oyoqlaringizni pastga tushiring va shundan keyingina o‘rningizdan turing.