Bilasizmi?

Ijaraga berilgan darsliklar yo‘qolsa, qancha jarima to‘lanadi?

Maktablarda ijaraga berilgan darsliklar yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalar ijaraga oluvchilar tomonidan yo‘qotilgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga keltirib qo‘yilgan taqdirda, zararning o‘rni ular tomonidan xuddi shunday darsliklar bilan qoplanadi yoki ularning qiymati quyidagi miqdorlarda to‘lanadi, deb yozmoqda Kun.uz.

Unga ko‘ra:

birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darsliklari va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;

2 — 4 sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;

yuqori sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning to‘rt baravari miqdorida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq darsliklarni joylarga yetkazish bilan bog‘liq qator muammolar aniqlangandi.