Bilasizmi?

Internetda bolalarning suratlarini joylash ularga ziyon yetkazishi mumkin

Bugungi kunda internetda bolalarning suratlarini joylash odat tusiga kirmoqda. Ba’zilar hatto hali dunyoga kelmagan farzandining UTT suratlarini ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylaydi. Biroq Sidney universiteti psixologi Joan Orlandoning so‘zlariga ko‘ra,  bolalarning suratlarini internetga joylashtirish muayyan darajada xavf tug‘dirishi mumkin. ABC News nashri shu haqida ma’lum qildi.

Bugungi kun bolalari bunday suratlarga tushishga o‘rganib ham qolishgan. Statistikaga ko‘ra, G‘arbda 5 yoshgacha bo‘lgan har bir bolaning internetda o‘rtacha 200 surati bor.

Besh yilda mingta surat - juda ko‘p. Fotoarxiv raqamli shaxsni shakllantiradi - ota-ona "yulduzcha"ning imidj meykerlari vazifasini o‘taydi va ba’zan bolada yo‘q bo‘lgan fazilatlarni ko‘rsatishga harakat qiladi.

Ko‘pincha ota-ona uchun kulgili tuyulgan surat bolaning ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, 12 yoshli bolaning sinfdoshlari ijtimoiy tarmoqda uning noqulay vaziyatdagi suratini ko‘rib qolsa, bu bolaning psixologiyasiga ziyon yetkazishi mumkin.

Bundan tashqari, kichik paytidanoq ijtimoiy tarmoqlarda  suratlari yuklangan bolalarda internetdagi "layk" va izohlarga tobe’lik paydo bo‘lishi hech gap emas. Kichik yoshli bolakaylarning suratlari o‘smirlarning suratlariga qaraganda ko‘proq foydalanuvchilarga yoqishi isbotlangan.

Manba: Kun.uz