Tarbiya

Keksalarning yosh onalarga maslahatlari

Orziqib kutilgan vaqt kelib, orzularingiz ushalib, Siz ona bo‘ldingiz. Avvalo, ona bo‘lishdek ulug‘ bir sharaf, saodat Sizga muborak bo‘lsin.

Chaqaloq – hali hayotga moslashib ulgurmagan nozik xilqat, bir parcha et. To suyagi qotgunga qadar onadan chaqaloqni juda asrab-avaylash, u bilan bog‘liq mayda-chuyda, ikir-chikir narsalargacha diqqatli bo‘lish talab etiladi. Qari bilganni pari bilmas, deya keksalar o‘gitlarini yerda qoldirmaydi dono xalqimiz. Keksalar o‘z duolari, hayotiy tajribalariga asoslangan maslahatlari bilan fayzli xonadonimizga yana-da fayz bag‘ishlab turadilar. Momolarimizning kelinlar, yosh onalarga beradigan, xalqimiz orasida keng yoyilgan maslahatlari borki, ulardan bir nechtasini e’tiboringizga havola etishni lozim topdik:

[дропсап тйпе="сирсле"]1[/дропсап]Har gal chaqaloqni qo‘lingizga olib emiza boshlaganingizda, shu saodatli daqiqalarni in’om etgan yagona Yaratuvchiga shukr qilib, qudratiga hamd-u sanolar ayting, “Bismillahir rohmanir rohim!” bilan ko‘krak tuting. “Bismillah…” bilan ko‘krak emgan bolaning qalbi nurli, yuzi farishtali bo‘ladi, deyishadi momolarimiz;

[дропсап тйпе="сирсле"]2[/дропсап]Chillali chaqaloq xonasida ham xuddi yangi kelin-kuyovlik davringizdagi kabi tunlari chiroq yonib tursin;

[дропсап тйпе="сирсле"]3[/дропсап]Momolarimiz azal-azaldan tunlari bolaga hamroh bo‘ladi, deb chaqaloqning yostiqchasi ostiga kulcha non qo‘yishni odat qilishgan;

[дропсап тйпе="сирсле"]4[/дропсап]Shuningdek, chaqaloqning qulog‘iga azon aytishning xosiyati katta;

[дропсап тйпе="сирсле"]5[/дропсап]Chaqaloqqa qarindoshlar ismini qo‘ymaslikka odatlangan ma’qul. Agar havas qilib o‘sha ismni qo‘yishni lozim topsangiz, ism egasidan rozilik so‘rash kerak;

[дропсап тйпе="сирсле"]6[/дропсап]Bolani emizishdan oldin poklanib olishni unutmang. Libosingiz va badaningiz hamisha toza bo‘lsin;

[дропсап тйпе="сирсле"]7[/дропсап]]Emizikli ayol oldida ovoz ko‘tarilmaydi, uni cho‘chitilmaydi, aks holda suti qochadi;

[дропсап тйпе="сирсле"]8[/дропсап]Bolani emizib bo‘lgach, undan ortgan sutni maxsus idishga sog‘ib oling. Lekin ko‘krak sutini duch kelgan yerga to‘kib bo‘lmaydi. Gulning tagiga ohista quyilgani ma’qul;

[дропсап тйпе="сирсле"]9[/дропсап]Bolaning sochi, tirnog‘ini olganda ham ehtiyot bo‘ling. Keksalar bolaning sochini, tirnog‘ini toza joyga ko‘mish darkor, deb nasihat qiladilar;

[дропсап тйпе="сирсле"]10[/дропсап]Chaqaloqning terisi o‘ta nozik, ta’sirchan bo‘lganligi sabab ham uning kiyimchalarini alohida sovunda va alohida tog‘orada yuvish kerak. Shuningdek, kiyimchalari qorong‘uda qolmasligi lozim. Yo‘qsa – uchinadi, deydi momolarimiz;

[дропсап тйпе="сирсле"]11[/дропсап]Chaqaloqning idish-tovoqlarini ham alohida tutib, hamisha toza saqlanishiga diqqatli bo‘ling, idishlari ustiga toza sochiq yopib qo‘ying;

[дропсап тйпе="сирсле"]12[/дропсап]Pichoq, qaychi kabi buyumlarni bola ko‘zidan uzoqda saqlang;

[дропсап тйпе="сирсле"]13[/дропсап]Onaning ehtiyotsizligi tufayli kuyib qolgan bolada onaning haqqi qolmaydi, deb ogohlantiradi keksalar. Shuning uchun issiq choy, choynak-piyola, ovqat solingan boshqa idishlarni boladan nari tuting;

[дропсап тйпе="сирсле"]14[/дропсап]Bolani emizayotganda, yo‘rgaklayotganda, umuman, unga yaqin kelganda sochlaringizni turmaklab, ro‘mol o‘rang. Soch – falokat. Sochingizning uzun tolasi bola qo‘liga, bo‘yniga, oyoqlari yoki boshqa nozik a’zolariga o‘ralib qolishi, unga azob berishi, ba’zida esa yomon oqibatlarga-da olib kelishi mumkin;

[дропсап тйпе="сирсле"]15[/дропсап]Tunlari bolaning bir me’yorda emishi onaga rohat bag‘ishlab, ko‘ziga uyqu keltiradi. G‘aflat bosib uxlab qolish – falokat eshigini lang ochish demakdir. Chunki, ona uyqudaligida ko‘kragi chaqaloq yuziga tushib, nafas organi – burnini berkitib qolishi mumkin. (Shunday falokatli holatlar hayotda, afsuski, sodir bo‘lgan). Bunga yo‘l qo‘ymang…

Yuqorida keltirilgan momolarning xalq orasida keng tarqalgan nasihatlari naslingiz davomchilari bo‘lmish farzandingizning beshikast, beg‘ubor katta bo‘lishiga yordam beradi, degan umiddamiz.