Bilasizmi?

Kelgusi o‘quv yilidan yagona maktab libosi joriy etiladi

Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov xabar berganidek, keyingi o‘quv yiligacha mahalliy ishlab chiqaruvchilari tomonidan 8-10 turgacha maktab formalari ishlab chiqariladi, deb yozmoqda Kommersant.uz.

Dizaynni ishlab chiqarishga mamlakatning eng yaxshi modelerlari jalb qilinadi. Shuningdek ota-onalarga maktab formasini kreditga harid qilish imkoniyati yaratiladi. Forma narhining yarmi, 50 foizi to‘langanidan so‘ng, qolgan qismini oyma oy o‘quv yili davomida to‘lab borsa o‘ladi.

Avval xabar berilganidek, bir nechta kolleksiya yaratiladi. Har bir maktab hududining yondashuvi va imkoniyatiga qarayub o‘ziga forma modelini tanlashi mumkin bo‘ladi.

“Har bir o‘quv muassasada o‘zining ichki qoidalari bor. Agar qoida va intizomga amal qilinsa, zaruriy sharoit ham yaratiladi, ta’lim saviyasi ham ortadi”, — deydi xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov 23 avgustda bo‘lib o‘tgan XPK yig‘ilishida.

Shuningdek, u Prezident so‘zlarini ham keltirib o‘tdi: “O‘quvchilar o‘quvchidek ko‘rinishi lozim. Ularning orasida ijtimoiy tenglik qo‘llab- quvvatlanishi lozim. Farzandlarimiz ta’lim jarayonidan chalg‘imasligi uchun yagona formani yaratishimiz lozim. Ma’lumki, bugungi kunshacha maktab ma’muriyati va ota onalar forma standartlarini o‘zaro kelishib tanlagan. Bu tanlov xammaga ham to‘g‘ri kelmagan. Endilikda yaratiladigan formada sifat ham narx ham e’tiborga olinadi”.