Kun.Uz'ning yozishicha, Shotlandiya universiteti olimlari 15 yil davomida 500 nafardan ortiq britaniyalik ayollarning tibbiy kartasini o‘rganib chiqishdi.
Ekspertlar shifokor ko‘rsatmasi bo‘lmasa, avvalgidek ko‘richak yoki anginani olib tashlashni tavsiya qilishmaydi.
Tadqiqotni olib borgan olimlar operatsiya bo‘lmagan ayollarning har 100 homiladorligiga - ko‘richagi olib tashlangan ayollarning 134, angina bezlari olingan ayollarning 149, ham ko‘richagi, ham anginasi olingan ayollarning esa 143 homiladorligi to‘g‘ri kelishini aniqlashdi.
Tadqiqot mualliflaridan biri doktor Sami Shimining so‘zlariga ko‘ra, ko‘p shifokorlar ko‘richakning olib tashlanishi ayollarning farzandli bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblashi noto‘g‘ri.
“Tadqiqot ayollarning yallig‘langan organlarini olib tashlash ularning farzandli bo‘lish imkonini oshirishini tasdiqladi”, - dedi shifokorlardan biri.
Buning sababini aniqlash oson bo‘lmadi.
Ichki organlari muntazam yallig‘lanadigan organizmning umumiy holati buning sabablaridan biri sifatida ko‘rsatiladi, chunki yallig‘langan organlar tuxumdon va bachadon funksiyalarini pasaytiradi.
Bu biologik izoh yallig‘lanish natijasida organizmning immun tizimiga ziyon yetishi omillariga asoslangan.
Biroq Dandi (Shotlandiya) olimlari bixevioristik modelni qo‘llab-quvvatlashmoqda, unga ko‘ra, o‘zini erkin tutuvchi ayollarda homilador bo‘lish imkoni ko‘proq bo‘ladi, shu bilan birga ko‘richak va tonzillit kasalligiga chalinish ham aynan shunday ayollarda ko‘proq uchrar ekan.
Sheffild universiteti professori Allan Peysining fikricha, yallig‘langan organlarning olib tashlanishi ayollarning homilador bo‘lish imkonini oshiradi. Bunda aynan qanday omillar yetakchilik qilishi noma’lumligicha qolmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shunday bo‘lgan taqdirda, olimlar va tibbiyot xodimlari ayollar bepushtligini davolovchi yangi dori-darmonlar va usullarni ishlab chiqishga kirishishlari mumkin.
Yakuniy xulosalar uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazilishi talab qilinadi.