Chaqaloq

Ko‘krak sutining ona va bola sog‘lig‘iga 20 ijobiy ta’siri

Bolani ko‘krak suti bilan boqishning xosiyatlari ko‘plab ilmiy manbalarda isbotlangan bo‘lib, dunyo olimlari ona sutining yigirmaga yaqin muhim foydali jihatlarini aniqlashgan. Bular quyidagilar:

Onalarda:

[дропсап тйпе="сирсле"]1[/дропсап]]Emizikli onalarda ko‘krak saratoni rivojlanishining oldi olinadi;

[дропсап тйпе="сирсле"]2[/дропсап]Ona suti bachadon qisqarishiga va tug‘ruqdan keyin ayol organizmidan xiltlarning chiqib ketishiga ko‘maklashadi;

[дропсап тйпе="сирсле"]3[/дропсап]Ko‘krakdan sut kelib turishi ayolda ovulyatsiya va hayz siklini vaqtincha to‘xtatadi. Shuningdek, emizish – homiladorlikdan saqlovchi vosita ham hisoblanadi;

[дропсап тйпе="сирсле"]4[/дропсап]Ko‘krak suti bilan boqish – ona tanasini ilgarigi sog‘lom holatiga tezroq qaytaradi. Chunki homiladorlik davrida organizmda yig‘ilgan yog‘lar emizikli davrda yo‘qola boradi;

Go‘daklarda:

[дропсап тйпе="сирсле"]5[/дропсап]Bola dunyoga kelgach, dastlabki 2-3 kun ichida onaning sut bezlari sarg‘imtir rangli suyuqlik ajratadi. Bu uvuz (og‘iz) suti bo‘lib, tarkibida shifobaxsh xususiyatlari behisob:

  • Uvuz suti keyingi kunlarda hosil bo‘ladigan ko‘krak sutiga nisbatan A vitamini, karotin moddasi, askorbin kislotasi va B guruhidagi vitaminlarga boy;
  • O‘g‘iz suti va yetilgan ona suti turli kasalliklarni paydo qiluvchi virus va mikroblarga qarshi kurashuvchi moddalarga boy. U bolada immunitet sistemasining shakllanishida qatnashib, go‘dak tanasida har xil xastaliklarga qarshi bir umrga yetgulik immunitet hosil qiladi. Natijada go‘dak kasallikka kam chalinadi;
  • Uvuzda A immunoglobulin, ayniqsa, serob;
  • Uvuz suti oqsil, yog‘ va uglevodlardan tashqari, mineral unsurlar, fermentlar, gormonlar hamda antitanachalarga boy.

[дропсап тйпе="сирсле"]6[/дропсап]Ona sutidagi yog‘ni go‘dak organizmi tez singdiradi, sut emgan bolaning qorni dam bo‘lmaydi;

[дропсап тйпе="сирсле"]7[/дропсап]Ona sutining ajoyib xususiyatlaridan yana biri – bola asab sistemasining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

[дропсап тйпе="сирсле"]8[/дропсап]Sut emgan bolaning tishlari, lab va yonoqlari yaxshi rivojlanadi;

[дропсап тйпе="сирсле"]9[/дропсап]Ona sutidagi kalsiy va fosfor tuzlari bola skeletining to‘g‘ri shakllanishi hamda yaxshi rivojlanishi uchun g‘oyat muhim sanaladi;

[дропсап тйпе="сирсле"]10[/дропсап]Bola tug‘ruqdan keyingi ilk kunlarda o‘z vaznining 8-10 foizini yo‘qotadi. Sog‘lom o‘sayotgan va yetarli darajada sut emayotgan go‘dak tug‘ruqdan keyin yo‘qotgan vaznini 2 hafta davomida tiklab oladi;

[дропсап тйпе="сирсле"]11[/дропсап]Ko‘krak suti dastlabki 6 oy davomida chaqaloq uchun eng yaxshi ozuqa hisoblanadi. Bu davrda emizib boqiladigan bola hech qanday boshqa ovqat va hatto suvga ham muhtoj bo‘lmaydi;

[дропсап тйпе="сирсле"]12[/дропсап]Ona sutini emgan bolalarda kasallikka chalinish sun’iy oziqlar bilan o‘sayotgan bolalarga qaraganda 2,5 barobar kamroq kuzatiladi.

[дропсап тйпе="сирсле"]13[/дропсап]Ona sutini emgan bolalar emmaganlariga nisbatan tezroq o‘sadilar, to‘g‘ri rivojlanadilar, jismonan va aqlan ajralib turadilar;

[дропсап тйпе="сирсле"]14[/дропсап]Ona suti tufayli go‘daklar turli kasalliklardan kuchli himoyaga ega bo‘ladilar:

  • O‘sishini to‘xtatib turadigan, nobud bo‘lish xavfini oshiradigan yoki rivojlanishda nuqsonlarni yuzaga keltiradigan kasalliklarga deyarli chalinmaydilar;
  • Ona sutidagi himoya vazifasini bajaruvchi oqsillar bolani turli allergiyalardan saqlaydi;
  • Ona sutiga to‘ygan bolalar o‘rtasida kamqonlik, raxit, gipotrafiya kasalliklari kam uchraydi;
  • Ona sutida bolani turli xil kasalliklardan saqlovchi moddalar – antitelalar va fermentlar bor;
  • Ona suti tarkibidagi uglevodlar oziqlik xususiyatidan tashqari, ichaklarda mikroblarning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi;

[дропсап тйпе="сирсле"]15[/дропсап]Ko‘krak emish orqali ona-bola o‘rtasida aloqa tiklanadi. Ona suti bilan birga go‘dak tanasiga nafaqat shifobaxsh moddalar, balki onaga nisbatan bitmas-tuganmas muhabbat tuyg‘usi ham o‘tadi: ona sutini emgan bola iymon- e’tiqodli, ota-onasiga mehribon bo‘lib o‘sadi;

[дропсап тйпе="сирсле"]16[/дропсап]Bola 6 oyga to‘lib, turli taomlarni iste’mol qilishni boshlagandan so‘ng ham, uni yana ikki va undan ortiq yil davomida ko‘krak suti bilan boqish lozim. Chunki ona suti – oziqlanish va quvvat olishning muhim manbai hamda turli kasalliklardan himoyalanishning noyob va tengsiz usuli;

[дропсап тйпе="сирсле"]17[/дропсап]Qadimdayoq momolarimiz ona sutining xosiyatini chuqur anglab, bolalarini 2 yil emas, hatto 3-4 yoshiga qadar ko‘krak suti bilan boqqanlar. “O‘g‘il bolani 30 oy, qiz bolani 24 oy emizish kerak” degan gaplarni yosh onalarga doimo uqtirib borishgan;

Shuningdek:

[дропсап тйпе="сирсле"]18[/дропсап]Chaqaloqni tez-tez emizish – onada ko‘proq sut hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi. Qancha ko‘p emizsa, sut miqdorini va oqimini boshqaradigan gormonlar hosil bo‘ladi va shuncha ko‘p sut ajraladi;

[дропсап тйпе="сирсле"]19[/дропсап]]Emizish vaqtini hech qachon cheklamaslik kerak. Go‘dakni bir kechayu kunduzda kamida 8 marta (u istaganida) ko‘krak suti bilan boqish kerak;

[дропсап тйпе="сирсле"]20[/дропсап]]Emizikli ona davlat idorasida ishlasa-da, bolasini ko‘krak suti bilan boqishni davom ettirishi mumkin: sutini sog‘ib olib, muzlatgichda saqlaydi. Mazkur holatda saqlangan sutni ilitib, 10-12 soat davomida go‘dakka ichirish mumkin.

Ona suti – chaqaloqqa rizq qilib berilgan ne’mat. Shifokorlar go‘dakni kindigi kesilgan zaxoti emizish uchun onasiga beradi. Farzandini sog‘lom va baquvvat bo‘lib voyaga yetishini istagan har bir ayol uni, avvalo, ko‘krak suti bilan boqishi lozim.

Maqola bolalar shifokori, tibbiyot fanlari doktori, professor Saydullo RASULOV fikrlaridan foydalangan holda yozildi.